1-boshlovchi: Ta'rifiga g'azal bitsang, she 'r yozsang, Yer-u ko 'kda berur sado muallim. Qalb me'mori, Dil chinori— ustozdir, Farzand mehri ko 'ngilda Jon muallim. 2-boshlovchi
1-boshlovchi: Assalomu alaykum qalbi qaynoq, mehri ummon, shirin so’zli sharafli, lekin mashaqqatli kasb egalari bo’lgan aziz ustozlar. Yuzu ko’zida yaxshilikning nurlari taralib turgan, ota-onamizdek qadrdon zotlar.
2-boshlovchi: Assalomu alaykum ko’zlari mehrga, so’zlari bolga to’la, farzandlarining tashvishlarini unutib bizlarning tavshishimizni qilgan, kelajagimizni o’ylagan fidoiy kasb egalari bo’lgan shirinso’z ustozlar.
1-boshlovchi: Bugun aynan sizga va siz uchun bayram dasturini tayyorladik. Siz biz uchun har lahzada kuyib-pishasiz. Shu boisdan ham bayram dasturimizni farzandlaringiz nomidan deb bilgaysiz.
2-boshlovchi: Haqiqatdan ham ustozlarni qancha madh etsak shuncha kamdir. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng bu sharafli kasb egalarining bayram kunlarini yurtimiz miqyosida tantanali qarshi olish odat tusiga aylandi. Shu boisdan ham biz bugungi bayram dasturimizni “Mehnati elda aziz ustozim” deb nomladik.
Mehnating el ichra boldi qadrdon,
Ey aziz ustozim bolgin sog-omon
1-boshlovchi:Ustoz. Bu so`zning zamirida olam-olam ma’no bordir. Bu so`zning zamirida sharaf tursada, uning ortida mashaqqatli mehnat yotadi.
2-boshlovchi:Bugun barcha madhlaru, barcha kalomlar faqat sizlar uchundir aziz ustozlar. Keling hozir shogirdlaringizni sizni madh etuvchi she’rlarini tinglasak. Marhamat tinglab baho bering.
1-boshlovchi: Dunyoda muallim bo`lmasa agar
Hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar
2-boshlovchi: Insoniyat aqlini tanigan zamondanoq ta’lim-tarbiyaga muhtoj bo`lib kelgan. Insonning bu ehtiyojlarini esa siz kabi aziz ustozlar qondirib kelgan. Sizlarga har qancha ta’zim qilsak ham kamdir.
1-boshlovchi: Hozir navbatni guruhimiz talabalari ijrosidagi qo’shiqga beramiz. Marhamat!
2-boshlovchi: Endi esa navbatni guruhimi talabalari ishtirokidagi sahna ko’rinishiga beramiz. Marhamat!
1-boshlovchi: Qalbimda ehtirom, bitayin daston,
Aziz ustoz sizsiz mehribon
Hayotim kitobin yoritib turar
So`zingiz shiordir bizga har qachon. 2-boshlovchi: Zulmatni yoritgan chiroq o`zingiz
Ezgulikka chorlar ustoz so`zingiz
Jamiyatda munosib o`rin olgaydir
Siz tarbiya etgan o`g`il-qizingiz
1-boshlovchi: O’qituvchi hayot charog’boni. U yosh avlodka ilm-fan asoslarini o’rgatadi, ularga ta’lim tarbiya beradi, zamonamizning har tomonlama barkamol kishilarini yetishtiradi.
2-boshlovchi: Olamning gultojisi inson bo’lsa ular orasida Olloh nazari tushgan, suyuklisi ustoz muallimdir. Bizlarning har bir savolimizga chuquqr etibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallimdir. Sizlarga bugun qo’limizni ko’ksimizga qo’yib tashakkur aytamiz
1-boshlovchi: Shuning bilan bugungi tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi e’tiboringiz uchun tashakkur!