"NURLI YOLIMSIZ , AZIZ USTOZIM" mavzusidagi tadbir ssenariysi
Diqqat Ozbekiston Respublikasi davlat madhiyasi
1 boshlovchi
Assalomu-alaykum mehri daryo, qalbi pok muhtaram ustozlaru, aziz mehmonlar!!!
Bugun 1-oktyabr "oqituvchi va murabbiylar " kuni munosabati bilan otkaziladigan "NURLI YOLIMSIZ AZIZ USTOZIM" deb nomlangan bayram tadbirimizga
XUSH KELIBSIZ
2 boshlovchi:
Aytsam , bahor yashar ekan kuz uchun ,
Yashayapsiz boldek shirin soz uchun ,
Navoiy ham otdan tushgan siz uchun ,
Millatimiz qarogisiz, ustozlar,
Marifatning chirogisiz, ustozlar.
1 boshlovchi:
Har bolaning kulgusidan yayragan,
Hur bulbulsiz, ozbek bolib sayragan,
Mehr buloq qalbingizda qaynagan,
Sadoqatning sorogisiz, ustozlar,
Yaxshilikning yonogisiz, ustozlar.
2 boshlovchi:
Ustoz! Shu birgina soz zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Ustozlar sofdil, kamtarin, ma'naviy boy insondir. Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib, ardoklasak arziydi.
1 boshlovchi:
Chunki ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qoriyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir.
2 boshlovchi
Bugungi tadbirimizni ochib berish va qutlug‘ ayyom bilan tabriklash uchun sozni mamnuniyat bilan TDTU OF direktori Samadov Alisher Usmonovichga beramiz
Samimiy tabriklaringiz uchun sizga tashakkur bildirib qolamiz.
1 boshlovchi:
Boz kiyib ham bozlam agan insonsiz,
Naqshbandiy bog'lariga bog'bonsiz,
Amir Temur tazim qilgan sarbonsiz,
Ziyo mulkin bayrogisiz, ustozlar,
Ko'ngillarning ardog'isiz, ustozlar.
2 boshlovchi:
Keling, maktabga qadam qoyganiga hali kop bolmasada ustozlaridan bilim sirlarini organayotgan jajji dostlarimizni davramizga taklif etamiz.
Ajoyib tabriklari uchun jajji do‘stimizdan minnatdozmiz.
1 boshlovchi
Dunyoda kasblar kop, har birining hayotda oz orni, oz ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday ulug kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi.
2 boshlovchi
Togri aytasiz, oqituvchilikni kop qirrali, sermazmun, murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularni ilm- fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi.
1 boshlovchi
Tadbirimizga kotarinki ruh bagishlash uchun navbatni ajoyib bir qoshiqqa beramiz
2 boshlovchi
ustoz misli yonib turgan shamga qiyos. Ozi yonib, atrofga nuru ziyo sochadi. Boshqalar ana shu nurdan bahramand boladi. Shu sabab, har bir inson yoshidan, mavqeidan, darajasidan qat'i nazar, saboq bergan ustoz-murabbiyi oldida mudom ta'zimda.
1 boshlovchi
Xaq yolida kim senga bir harf oqitdi yuz ranj ila,
Aylamoq oson emas xaqqin ado ming ganj ila.
2 boshlovchi
Navoiyning ushbu misralariga qiyosan ustozlar hayoti va faoliyatiga oid soz va lavhalarni birgalikda kuzatsak.
1 boshlovchi
Ustozlar el ichra topgaydir qadr
Doimo shogirdlar ehtiromida
Bayram tabrigini eting siz qabul
Go`zal qizlarimiz sho`x xiromida
2 boshlovchi
Keling gozal qizlarimiz ijrosidagi ajoyib raqsga navbatni beramiz.
Milliy raqslari uchun raqqosa qizlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.
1 boshlovchi:
Dedilar: dunyoda asli kim aziz
Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
Tagin aytdilarki: aziz shubhasiz
Ustoz qadriga yetolgan inson.
2. boshlovchi
Tadbirga ajoyib xushovoz sohibi,xalqaro doiradagi tanlov golibi Abdumutalibov Ozodbek tashrif buyurgan. Ularni milliy maqom yonalishidagi qoshiqlarini birgalikda tinglasak.
Milliy maqom sanati bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan do‘stimizdan minnatdormiz.
1. boshlovchi
Afsonalarga kora, mashhur sarkarda Iskandar Rumiydan (Aleksandr Makedonskiy) Nechun Arstuni (Aristotel) otangizdan ortiq izzat qilasiz?, deb soradilar. Iskandar Rumiy javob berdi: Otam goyoki meni osmondan yerga tushirdi. Ammo ustozim Arastu meni yerdan osmonga kotardi. Ya'ni, otam meni dunyoga kelmogimga sabab boldi. Ustozim ilm va odob orgatib, martaba va izzatimning ortmogiga sabab boldi.
1 boshlovchi
Xuddi shunday otamizdek jonkuyar,onamizdek fidoiy bo‘lgan ustozlarimizni taqdirlash uchun sahnaga filialimiz direktori Samadov Alisher Usmonovichniyana bir bor taklif etamiz.
1 boshlovchi
Taqdirlashga qoshiq yarashar , saxnaga ajoyib va betakror ovoz sohibi Tursunali Ermatovni taklif etamiz.
2 boshlovchi
Shu bilan bugungi tadbirimizga yakun yasaymiz
Keyingi tadbirlarda korishguncha xayr salomat boling.
TAMOM
Do'stlaringiz bilan baham: |