www.ziyouz.com
kutubxonasi
203
Bu dam gar torsa hushung rishtasi rech
Bo‘lur bu necha yil qilg‘on ishing hech.
Seni devonalig‘ gar qilsa mag‘lub,
Pari raykar bo‘lur el ichra mahjub.
O‘zungni asra bir dam, bo‘lma g‘oyib
Ki, dahr ahli tilab tormas maoyib.
O‘zungni ham, meni ranjurni ham,
Parishon aylama ul hurni ham.
Bu yanglig‘ ko‘p sabaq irshod qildi,
Muassir ko‘p qasam ham yod qildi.
O‘zin zabt etkucha ul zori g‘amkash,
Yetishti telba boshig‘a Parivash.
Uzori birla o‘t olamg‘a solib,
Samandardek ulus o‘t ichra qolib.
Dema, yuz uzra zulfi anbarolud
Ki, ul o‘t zohir aylab anbarin dud.
Hamul o‘t shu’lasi o‘rtab jahonni,
Bu dud aylab qaro yuz xonumonni.
Kamoli sur’atidin sarvi gulro‘
Ravon aylab uzori o‘tidin suv.
Bo‘lub fahm ul sudin ayni latofat,
Ko‘ngul elturga lekin seli ofat.
Yuzida xol o‘lub gulbarg uza zog‘,
Va yo ter ostida suv ichraki bog‘
4
.
Dema suvkim, ziloli zindagoni,
Ne Xizru ne Sikandar topib oni.
Bo‘lub g‘alton latofatdin gul uzra,
Sochib yuz qatra har dam sunbul uzra.
Sochi zulmotida yuz ming Sikandar,
Itib dud ichra andoqkim samandar.
Takovar uzra ra’no qaddu andom,
Balolar sochib, ofatlar qilib om.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |