www.ziyouz.com
kutubxonasi
199
Ki, kasratdin ko‘runmay tog‘ ila tuz.
Yaqo birla yurub Farhodi mahjur,
Yonida gom urub bechora Shorur.
Xirom aylab hunarmandi yagona,
Ko‘zidin yosh o‘lub turmay ravona.
Tushub dilbar xayoli joni ichra,
Solib o‘t xotiri vayroni ichra.
Suyin turg‘uzmayin ko‘zida qayg‘u,
Arig‘ novig‘a oqib ashkidin suv.
Bu qayg‘u eltibon oni o‘zidin,
Oqib bechoraliq ashki ko‘zidin
Ki, mundoqkim el o‘lmish dashtraymoy,
Tamosho qilg‘ali kelgaymu ul oyg‘
Agar kelsa meni bemor o‘larmen,
Vagar ham kelmas o‘lsa, zor o‘larmen!
Ani bu fikr andoq aylabon lol
Ki, fahm aylab ulus tavridin ul hol.
Mihinbonu aning keynicha pokib,
Surub atboi beroyon mavokib.
Tajammul onchakim, el fahmi yetmay,
Takalluf onchakim, el bovar etmay.
Aning har gomig‘a aylab nisori,
Sochib boshig‘a naqdi beshumori.
Sinuq boshig‘a bo‘lmoq la’lu durrosh,
Ko‘runub bahr aro yoqqon kibi tosh.
Surub ollig‘a gardunvash mavokib,
Bori sur’atda andoqkim kavokib
Ki, minmakdin bo‘lub oromi oning,
Dame ting‘ay qoborg‘on gomi oning.
O‘pub ul bodrolarning ayog‘in,
Tushub yo‘lg‘a tutub ikki qulog‘in.
Ulus holig‘a oning zor yig‘lab,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |