www.ziyouz.com
kutubxonasi
197
Masohat ichra vaz’i shast-darshast
9
.
Dema havz, aytqil daryocha oni,
Suyi lekin ziloli zindagoni.
Bor erdi qasrning o‘rnida bir tosh,
Biyiklikda falakdin oshurub bosh.
Mudavvar vaz’ ila rargori oning,
Va lekin davri besh yuz qori oning.
Bu yanglig‘ xorag‘a xoroburi chust,
Ura boshladi metin zarbasin rust.
Yo‘nub atrofin andoq berdi hanjor
Ki, qasre aylagay charxi barinvor.
Chu oz fursat ul ishga bo‘ldi mashg‘ul,
Qoyodin yo‘ndi qasri o‘yla maqbul.
Su sori toqi oliyshoni oning,
Yetib ko‘k toqig‘a ayvoni oning.
Ichinda gunbazi ayvong‘a loyiq
Yana dahlezi gunbazg‘a muvofiq.
Yana uch sori ham uch toqu ayvon,
Uyolib har biridin toqi Kayvon.
Har uy lutfu safodin oyat anda,
Ravoqu rahbalar beg‘oyat anda.
Bu yanglig‘ yo‘ndi qasri olamoro,
Bori ajzo anga bir rora xoro.
Qilib ayvonida yuz tarh tahrir.
Mavoze’ tarh qildi bori tasvir.
Chekib ul sarvi gulrux taxtu johin,
Bu taxt uzra hamul husn ahli shohin.
Parilar qulluq aylab xizmatida,
Parivashlar qo‘yub yuz hazratida.
Bu suratlarni aylab garchi bejon,
Bularni aylabon surat, ani jon.
Chekib yuz ming bu yanglig‘ turfa timsol
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |