www.ziyouz.com
kutubxonasi
162
Suhayldek Yaman ahli ko‘zin yorutqoni va Shorur
2
anga daryoda oshno bo‘lub, aning safhai zamiri
nuqushin fahm qilg‘oni
Kishikim ayladi bu bahr gashtin,
Bu yanglig‘ dedi daryo sarguzashtin
Kim, ul holatdakim chayqoldi daryo,
Sirohi mavjidin qo‘zg‘oldi daryo.
Hamul zavraqki pokib erdi Farhod,
Sinib ko‘k bahridin yetganda bedod.
Bo‘lub g‘arqa muhiti bekarong‘a,
Qolib bir taxta ul bexonumong‘a.
O‘zin ul taxta uzra mahkam aylab,
Vido’ o‘z jismu jonidin ham aylab.
Nechukkim taxta jismi notavoni,
Yetib og‘zig‘a har dam xasta joni.
Ko‘rub ul sho‘r bahri bekarondin,
Ilik yub har nafas yuz qatla jondin.
Chu gardun shom kishtisin ushotti,
Falak bahrig‘a anjum durri botti.
Tamavvuj yig‘di daryo yuzidin dom,
Talotum qushlarig‘a bo‘ldi orom.
Tushub ul taxta sayrining guzori,
Yaman mulkiyu Toyif
3
haddi sori.
Bo‘lub Farhodg‘a ul taxta maskan,
Nechukkim jong‘a bo‘lg‘ay taxtai tan.
Vale jismida jonidin ramaq yo‘q,
Tanida ruh harfidin nasaq yo‘q.
Muningdek hol aro bir tez kishti
Yaman azmig‘a daryodin yetishti.
Ichinda necha daryomoya tojir,
Guhar savdosig‘a bo‘lg‘on musofir.
Chu ko‘rdilar kelur bir taxta rora,
Aning ustida shaxse oshkora.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |