www.ziyouz.com
kutubxonasi
57
- Bu ayol (qizing. -
Tarj
.) nima deyapti? - deya so‘radilar Rasululloh (s.a.v.).
- To‘g‘ri gapiryapti, biroq men uni u odamdan ham xayrli birisiga berdim, - dedi ota.
Shunda Alloh rasuli (s.a.v.) bu turmushni (nikohni. -
Tarj
.) bekor qildilar. U ayolni
bolasining amakisiga (nikohlab) berdilar".
Ibn Abbosdan (r.a.) bo‘lgan boshqa bir rivoyatda aytiladi: "Asmoning o‘ziga bolasining
amakisi va boshqa bir odam otasiga sovchi bo‘lishdi. Asmoning otasi Asmoni u odamga
nikohlab berdi. Qiz hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib bu holatdan shikoyat qildi. Rasuli
akram (s.a.v.) uning boshqa odam bilan bo‘lgan nikohini bekor qildilar, bolasining
amakisiga turmushga berdilar".
Yana bir rivoyatda quyidagicha keladi: "Bir ayolning eri vafot etdi. Bolasining amakisi
ayolga sovchi bo‘lib keldi. Biroq qizning otasi qizining roziligisiz uni boshqa bir odamga
turmushga berdi. Qiz hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga bordi va bu voqeani
tushuntirdi. Hazrati Payg‘ambar qizning otasini chaqirtirdilar va:
- Uni (qizingni. -
Tarj
.) yanada xayrli birisiga uzatdingmi? - deya so‘radilar.
U:
- Yanada xayrli birisiga uzatdim, - deya javob berdi. Rasululloh (s.a.v.) ayol bilan haligi
odamni ajratdilar, u ayolni bolasining amakisiga nikohladilar".
Bir rivoyatda esa quyidagicha keltiriladi: "Bir ayolning eri vafot etdi. Uning bir o‘g‘il
farzandi bor edi. Bolaning amakisi u ayolga sovchi bo‘lib otasi oldiga bordi. Ayol otasiga:
"Meni u odamga turmushga bering", dedi. Qizning otasi bundan bosh tortdi. Ayolning
roziligini olmay, uni boshqa bir odamga berdi. Ayol esa hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
huzurlariga bordi. Bo‘lib o‘tganlarni hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) qizning otasidan
so‘radilar. U:
- Men qizimni bolasining amakisidan-da xayrli bir kishiga uzatdim, - deya javob berdi.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) ayol bilan u turmushga chiqqan odamning orasini ajratdi. U
ayolni bolasining amakisiga nikohlab berdilar".
269
Abu Hanifa (r.a.) Atiyya U’fiydan, u Abu Said Xudriydan rivoyat qiladi. Abu Said Xudriy
aytdi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Ayol ammasi va xolasining ustiga nikohlanmaydi (amma
va xola jiyani bilan birga bir kishining nikohi ostida turmaydi)", dedilar".
270
Abu Hanifa (r.a.) Shabiydan, u Jobir ibn Abdullohdan, u Abu Hurayradan rivoyat qiladi.
Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ayol ammasining va xolasining ustiga
nikohlanmaydi. Katta kichikning ustiga nikohlanmaydi. (Xola - singlisining qizi, amma
esa aka yo ukasining qizi ustiga nikohlanmaydi)", deb marhamat qildilar".
Do'stlaringiz bilan baham: |