www.ziyouz.com
kutubxonasi
54
Ehromni buzadigan biror nuqsonga yo‘l qo‘ymadi. Qurbon kuni bo‘lgach, qurbi yetgan bir
qo‘y so‘ydi. Haj ibodatlarini bitirgandan keyin Madinaga kirib o‘tdilar. Hazrati Umarning
(r.a.) huzuriga bordilar. Salmon va Zayd: «Subay haj va umrani birga qildi», deyishdi.
«Nima qilding, ey Subay?» deb so‘radilar hazrati Umar (r.a.). Subay: «Makkaga keldim.
Umram uchun tavof qildim. Safo va Marva orasida sa’y qildim. So‘ngra qaytdim. Hajim
uchun Ka’bani tavof etdim. Safo va Marva orasida sa’y qildim», deb javob berdi. «Keyin
nima qilding?» deya so‘radilar hazrati Umar (r.a). «Masjidi Haramda qoldim. Menga
(ehromli kishiga. -
Tarj
.) harom bo‘lgan biror ishni qilmadim. Qurbon kuni kelgach,
qurbim yetgan bir qo‘y so‘ydim», dedi. Hazrati Umar (r.a.) uning yelkasiga sekingina
urdilar va: «Sen Nabiyning (s.a.v.) sunnatiga binoan harakat etibsan», dedilar».
255
Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar:
«Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Ramazon (oyi)da umra qilish hajga tengdir», deb
marhamat etdilar».
256
Abu Hanifa (r.a.) Abdullohdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.)
aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) Makkaning fathi kuni Qasva nomli qoramtir kulrang tuyalari
ustida yoylarini taqqan va boshlarida qora salla o‘ragan holda edilar».
257
Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) dedilar:
«Hazrati Payg‘ambarning qabrlarini mana bunday ziyorat etish sunnatdir: qibla tarafdan
hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) qabrlariga, kelib orqani qiblaga, yuzni qabrga qaratib:
«Assalomu alayka ayyuhannabiy va rahmatullohi va barakotuh» (Allohning salomi,
rahmati, barakoti sizga bo‘lsin, ey Nabiy!), deysiz».
NIKOH BO’LIMI
258
Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, Qosim otasidan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi.
Abdulloh aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bizga nikoh xutbasini o‘rgatdilar. U
quyidagichadir: "Hamd Allohgadir. Biz Allohga hamd aytamiz, Undan yordam so‘raymiz,
gunohimizni kechishini so‘raymiz. Undan hidoyat tilaymiz. Alloh taolo kimni hidoyatga
erishtirsa, uni adashtiruvchi hech kim yo‘q. Alloh taolo kimni adashtirsa, uni hidoyatga
erishtiruvchi kimsa yo‘q. Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga, Muhammad (s.a.v.) Uning quli va
rasuli ekaniga biz iqrormiz.
Ey imon keltirganlar! Allohdan, lozim bo‘lganidek qo‘rqing. Faqat musulmon bo‘lgan
holda o‘ling. Allohdan qo‘rqing! Bir biringizdan narsalarni Uning nomini aytib so‘raysiz.
Silai rahmni uzmang. U sizni kuzatib turuvchidir.
Ey imon keltirganlar! Allohdan qo‘rqing va to‘g‘ri so‘zni gapiring. Alloh sizning
amallaringizni isloh etadi va gunohlaringizni kechiradi. Kim Alloh va rasuliga itoat etsa,
shubhasiz, u najot topadi".
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |