www.ziyouz.com
kutubxonasi
56
Bir rivoyatda: "Agar balo (xosiyatsizlik) bo‘lsa, uyda, otda va ayolda bo‘ladi. Uyning
balosi tor bo‘lishidir. Ayolning balosi badxulq va bepusht bo‘lishidir. Otning balosi
sarkash bo‘lishidir", deyiladi.
264
Abu Hanifa (r.a.) Ato ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi: "Nabiy (s.a.v.) qizi Fotimaga:
"Ali seni eslayapti (so‘rayapti, senga uylanmoqchi)", dedilar».
265
Abu Hanifa (r.a.) Shaybondan, u Yahyodan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu
Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) qizlaridan birini turmushga chiqarmoqchi
bo‘lsalar: «Falon erkak falon qizni eslayapti», der edilar, so‘ngra uni uzatardilar».
Bir rivoyatda Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Nabiyning (s.a.v.) qizlaridan biriga
uylanmoqchi bo‘linsa (birov qizlarining qo‘lini so‘rab kelsa. -
Tarj
.), ul zot (s.a.v.) o‘sha
qizlarining xonasiga kelar, "Falon kishi falon qizni esga olyapti", der edilar. Keyin o‘sha
qizlarini turmushga berar edilar".
Yana bir rivoyat quyidagichadir: "Rasulullohning (s.a.v.) qizlaridan biriga sovchi
kelganida, uning xonasiga borar, "Falon kimsa falon qizni eslamoqda", der, keyin
ketardilar va nikoh o‘qir edilar".
266
Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Munkadirdan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat
qiladi. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: «Oisha onamiz (r.a.) o‘z yonida o‘stirgan yetim
qizni turmushga berdi. Qizning sepini esa Rasululloh (s.a.v.) o‘z mollaridan
tayyorladilar».
267
Abu Hanifa (r.a.) Shaybon ibn Abdurahmondan, u Yahyo ibn Abu Kasiyrdan, u
Muhojirdan, u ibn Ikrimadan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.)
aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bokira qiz faqat ruxsati (roziligi. -
Tarj
.) olingandan keyin
turmushga beriladi. Bokiraning roziligi jim turishidir. Tul xotin faqat izni og‘zaki
(ayolning o‘z og‘zidan) olingandan so‘ng turmushga beriladi", deb marhamat qildilar".
Boshqa bir rivoyatda aytiladi: "Bokira qiz faqat izni (ruxsati) olingandan keyin
turmushga beriladi. Bokiraning izni jim turishidir (sukut saqlashi). Tul xotin esa uning
og‘zaki izni olingandan so‘nggina uzatiladi".
Yana bir rivoyatda: "Bokira ruxsati olinmaguncha nikohlanmaydi. Jim tursa, bu ruxsat
(rozi. -
Tarj
.), demakdir. Tul ayol esa og‘zaki izn olinmaguncha nikohlanmaydi", deyiladi.
268
Abu Hanifa (r.a.) Abdulazizdan, u Mujohiddan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn
Abbos (r.a.) aytdilar: «Bir xotinning eri o‘lgan edi. Bolasining amakisi (ya’ni, qaynakasi.
-
Tarj
.) keldi va unga turmushga chiqishni taklif qildi. Qizning otasi qizini unga berishdan
bosh tortdi. Ayol hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) yonlariga keldi. Voqeani aytdi. Rasululloh
(s.a.v.) uning otasiga xabar yubordilar. Qizning otasi keldi.
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |