JAZOLAR BO’LIMI
313
Abu Hurayra (r.a.) Muslimdan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat
qiladi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Alloh sizlarga ichkilikni, qimorni, mizmarni
(nafas bilan (puflab) chalinadigan asbobni), narda o‘yinini man’ qildi.
314
Abu Hanifa (r.a.) Yahyodan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. "Bir odam shirakayf,
aql-hushini yo‘qotgan ukasining o‘g‘lini Ibn Mas’udga olib keldi. U Ibn Mas’udning
buyrug‘i bilan qamab qo‘yildi. Uning kayfi tarqab o‘ziga kelgach, Ibn Mas’ud tayoq
(darra) so‘radi. Tayoq ustidagi meva va yaproqlarni olib tashladi. Keyin bir jallod
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
www.ziyouz.com
kutubxonasi
65
chaqirib, u odamni urishni aytdi.
- Qo‘ltig‘ining osti ko‘rinmaydigan darajada qo‘lingni ko‘tar, - dedi.
Abdulloh sanay boshladi. 8 tayoqdan so‘ng to‘xtadi. Bir qari kishi:
- Ey Abu Abdurahmon! Allohga qasamki, u mening ukamning o‘g‘lidir. Mening bundan
boshqa bolam yo‘q, - degach, Abu Abdurahmon u qari kishiga qarab:
- Hayf sendek amakiga. Kichikligida unga yaxshi tarbiya bermabsan, katta bo‘lgach,
uning ayblarini berkitmabsan (uni yomon yo‘ldan qaytarmabsan. -
Tarj
.), - dedi.
Keyin Abu Abdurahmon bizga quyidagi so‘zlarni aytdi:
- Islomda ilk had jazosi o‘g‘irlik qilib, hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga olib
kelingan bir odamga qo‘llandi. O’g‘riga qarshi dalil mavjud bo‘lgach, hazrati Payg‘ambar
(s.a.v.): "Uni olib boring va qo‘lini kesing!" dedilar. O’shanda Nabiyning (s.a.v.)
muborak yuziga qaraldi. Go‘yoki yuzlariga kul sepilgandek edi. Rasululloh (s.a.v.)
yonlarida o‘tirganlardan biri bunday dedi:
- Yo Rasululloh! Bu holat sizga og‘ir keldi.
- Birodaringizga qarshi shaytonga yordamchi bo‘lganingiz, albattaki, menga og‘ir bo‘ldi.
- Uni qo‘yib yuborsangiz edi, - deyishdi.
- Koshki bu holat aybdorni mening huzurimga keltirmasdan oldin bo‘lsa edi, chunki
aybdor hukmdorga olib kelingach, hech kim unga jazo berishdan to‘xtatolmaydi, -
dedilar Rasuli akram (s.a.v.) va ushbu oyatni o‘qidilar: "Ularni avf etsinlar va ularni
kechirsinlar (gunohlaridan o‘tsinlar)".
Ibn Mas’uddan kelgan boshqa bir rivoyatda aytiladiki: "Bir odam sarxush holatidagi
ukasining o‘g‘lini Ibn Mas’ud (r.a.) huzuriga olib keldi.
- Uni tebrating, silkiting, hidlang, - dedi Ibn Mas’ud.
Undan sharob hidi kelayotganini sezishdi. Bu odam o‘ziga kelgach, Ibn Mas’ud bir tayoq
so‘radi. Tayoqning butoqlari tozalandi." Ibn Mas’ud (r.a.) voqeani o‘tgan hadisdagidek
davom etdi.
Ibn Mas’uddan (r.a.) kelgan yana bir rivoyatga ko‘ra, Islomda ilk had jazosi bunday
bo‘lgan: "Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga bir o‘g‘ri olib kelindi. Hazrati
Payg‘ambar (s.a.v.) uning qo‘llarini kesishni buyurdilar. O’g‘rilik qilgan odam ketgach,
Rasulullohning (s.a.v.) yuzlariga boqildi. Yuzlari kul sepilganday edi.
- Yo Rasululloh, bu (jazo. -
Tarj
.) sizga og‘ir keldi.
- O’z birodaringizga qarshi shaytonga yordamchi bo‘lganingiz og‘ir kelmasinmi?! -
dedilar Sarvari olam (s.a.v.).
- Uni qo‘yib yuborolmasmidik? - deya so‘rashdi.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.):
- Uni bu yerga olib kelinmasidan oldin mumkin bo‘lardi, - deya marhamat qildilar.
Imomga (davlat rahbariga) bir jinoyatchi hukm uchun olib kelinsa, o‘sha hukmni tadbiq
etish lozim bo‘ladi. Keyin ushbu oyatni o‘qidilar: "Ular avf etsinlar va ularni kechirsinlar".
315
Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, u otasidan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh
(r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) davrlarida o‘n dirham o‘g‘irlanganda qo‘l kesilar edi".
Bir rivoyatda Payg‘ambar (s.a.v.): "Qo‘l kesish faqat o‘n dirhamda bo‘lgan", deganlar.
316
Abu Hanifa (r.a.) Muqsimdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.)
aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Shubhalar bilan hadlarni qaytar", dedilar".
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |