www.ziyouz.com
kutubxonasi
66
317
Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. "Moiz ibn
Molik Rasululloh (s.a.v.) xuzurlariga kelib:
- Bir kishi zino qildi (o‘zini nazarda tutardi), unga had tadbiq qiling, dedi.
Rasululloh (s.a.v.) uni qaytarib yubordilar. U 2 marta keldi. Yana haligi gapini aytdi.
Keyin3 marta keldi. Oldingi gapini takrorladi.4 daf’a keldi va:
- Kishi (o‘zini nazarda tutardi) aniq zino qildi. Jazo bering! - dedi.
Rasululloh (s.a.v.) ashobga qarab: «Bu odamning aqli yo‘q» demaysizlarmi? dedilar.
Sahobai kirom:
- Aqlini yo‘qotmagan, - deyishdi.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.):
- Uni olib borib rajm (toshbo‘ron) qiling, - dedilar.
Sahobai kirom uni olib ketdilar va toshbo‘ron qildilar. O’lmadi. Toshlar ko‘p joyga olib
borib, uni o‘lguncha toshbo‘ron qilishdi.
Bu voqea hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) yetkazilgach, u zot bunday dedilar:
- Qo‘yib yuborsangiz bo‘lardi! Umid qilamizki, bu jazo uning uchun tavba bo‘ldi - dedi bir
kishi. Buni Rasululloh eshitdilarda: «U shunday bir tavba qildiki, bir guruh inson
o‘shanday tavba qilsa, qabul bo‘lardi», dedilar.
Bu hol Moizning qavmiga yetgach, ular kelib Rasulullohdan (s.a.v.) jasadni nima
qilishlarini so‘rashdi.
Rasululloh (s.a.v.):
- Boshqa o‘liklaringiz kabi uni ham kafanlab, janoza namozini o‘qing va dafn eting, -
deya marhamat qildilar".
Uning jasadini qavmi olib ketishdi va janozasini o‘qishdi.
Bir rivoyatda aytiladi: "Moiz Ibn Molik Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib zino qilganiga
iqror bo‘ldi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) uni qaytarib yubordilardilar. U yana kelib zino
qilganiga iqror bo‘ldi. Rasululloh (s.a.v.) uni qaytarib yubordilar.4 bor iqror bo‘lgach,
Rasululloh (s.a.v.) sahobalarga: «Uni aqlini inkor qilmaysizlarmi?» dedilar. Sahobai
kirom:
- Uning aqlida nuqsonlik yo‘q, - dedilar.
Rasululloh (s.a.v.) uni toshlari oz joyga olib borib rajm qilishlarini buyurdilar. Uning ajali
kechikkach, toshi ko‘p bo‘lgan joyga qarab ketdi. Odamlar ham uning orqasiga tushib,
o‘lgunicha toshbo‘ron qildilar. Keyin bo‘lgan voqeani Rasulullohga (s.a.v.) aytib berdilar.
Ul zot (s.a.v.):
- Nega qo‘yib yubormadingiz, - dedilar.
Qavm kelib uni dafn etish va janoza namozi o‘qish uchun ruxsat so‘radi. Bu xususda
ularga izn berdilar va dedilarki:
- U shundayin tavba qildiki, bir guruh inson o‘shanday tavba qilsa qabul bo‘lardi".
Boshqa bir rivoyatda esa quyidagicha aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) Moiz ibn Molikni rajm
etishni buyurganlarida. Moiz toshlari oz joyda turdi. Ajali kechikkach, u toshlari ko‘p
joyga olib borildi. Odamlar ham uning ortidan borib, uni toshbo‘ron qildilar. Bu holat
Rasulullohga (s.a.v.) yetgach:
- Qo‘yib yuborsangiz bo‘lardi! - deya marhamat qildilar».
Yana bir rivoyatda keltirilishicha, Moiz ibn Molik toshbo‘rondan halok bo‘lgach, insonlar u
haqda ixtilof qildilar. Ulardan biri: «Moiz o‘zini halok qildi» desa, bir qism odamlar: «U
tavba qildi», deyishdi. Bu gap Rasulullohga (s.a.v.) yetib borgach, bunday dedilar: «U
shunday bir tavba qildiki, soliq yig‘uvchi o‘shanday tavba qilganida edi, tavbasi qabul
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |