Microsoft Word musnad abu hanifa ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/186
Sana02.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#729793
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   186
Bog'liq
Imomi A\'zam Abu Hanifa. Musnadi Abu Hanifa

 
QASAMLAR 
306
Abu Hanifa (r.a.) Nosih ibn Abdullohdan, u Ibn Ajlondan, u Yahyo ibn Yalodan, u Ishoq 
as-Salulidan, u Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali, Nufayl al-Hofizdan, u Yahyo ibn Abu 
Kasirdan, u Abu Salamadan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) 
aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.) bunday marhamat qildilar: 
- Alloh taologa qilingan isyonlar ichida jazosi eng tez beriladigani buzuqlikdir. Allohga 
toatlar ichida savobi eng tez beriladigani silai rahmdir (qarindoshlarni ziyorat qilish). 
Yolg‘ondan ichilgan qasam mamlakatni bo‘sh, kimsasiz cho‘l holiga keltirib qo‘yadi, har 
narsadan mahrum qiladi". 
Bir rivoyatda: "Silai rahmdan boshqa savobi tez beriladigan narsa yo‘q. Buzuqlikdan va 
silai rahmdan boshqa jazosi tez beriladigan narsa yo‘q. Yolg‘on qasam mamlakatni 
kimsasiz cho‘lga aylantiradi, hamma narsadan mahrum qiladi». Yana bir rivoyatda: 
«Allohga toatlar ichida savob eng tez beriladigani silai rahmdir. Yomon amallar ichida 
jazo eng tez beriladigani buzuqlikdir. Yolg‘on qasam mamlakatlarni kimsasiz cho‘lga 
aylantiradi ", deyiladi. 
Yana bir rivoyatda quyidagicha keltiriladi: "Allohga isyon etilgan amallar ichida jazosi 
eng tez beriladigani buzuqlikdir». 
307
Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Zubayrdan, u Hasandan, u Imrondan (r.a.) rivoyat 
qiladi. Imron (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim Alloh taologa itoat etishni nazr 
qilsa, nazrini ado etsin. Kim Alloh taologa isyon etishni nazr qilgan bo‘lsa, nazrini ado 
etmasin. G’azablangan paytda nazr bo‘lmaydi", deb marhamat qildilar".


Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
64
308
Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Zubayrdan, u Hasandan, u Imron ibn Husayndan (r.a.) 
rivoyat qiladi. Imron (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohga isyonda toatsizlikda 
nazr yo‘q. Uning kafforati nazr kafforatidir", dedilar". 
309
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) 
rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Alloh taoloning: "Alloh sizning 
qasamlaringizdagi lag‘v sababli jazolamaydi" oyatidagi «lag‘v» so‘zi qasam "yo‘q, 
vallohi", "ha, vallohi"deyish ekanini eshitdim». 
310
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan(r.a.), u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha 
onamizdandan (r.a.) rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Alloh taoloning: "Alloh 
sizning qasamlaringizdan lag‘v sababli jazolamaydi». 
Oyatdagi lag‘v qasam kishining qalbi hech bir gapga bog‘lanmay, gapirish asnosida 
"yo‘q, vallohi", "ha, vallohi", deya gapirishidir.
311
Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, u otasidan, u Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. 
Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim qasam ichsa-yu "Alloh xohlasa", 
deya istisno qilsa, istisnosi qabul bo‘ladi, (gapini yo ishini bajarmasa qasamini buzgan 
bo‘lmaydi - 
Tarj
.) dedilar". 
312
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan (r.a.), u Qosim ibn Abdurahmondan, u 
otasidan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) dedilar: "Kim qasam 
ichib "Inshaalloh" ("Xudo xohlasa") desa, istisno qilgan bo‘ladi». 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish