Microsoft Word musnad abu hanifa ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/186
Sana02.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#729793
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   186
Bog'liq
Imomi A\'zam Abu Hanifa. Musnadi Abu Hanifa

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
60
TALOQ (AJRALISH) BO’LIMI 
286
Abu Hanifa (r.a.) Atoddan, Yusuf ibn Mohakdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. 
Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Uch narsaning jiddiyi ham, hazili ham 
jiddiydir. Ular: taloq, nikoh, rij’atdir. Eri rij’iy taloq qilgan xotiniga qaytish», dedilar". 
287
Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: 
"Nabiy (s.a.v.) Savdoni taloq qilganlarida unga: "Idda o‘tir!" dedilar". 
288
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) 
rivoyat qiladi: "Rasululloh (s.a.v.) Savdoni taloq qilganlarida unga: "Idda o‘tir!" dedilar". 
289
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u bir odamdan, u Ibn Umardan (r.a.) 
rivoyat qiladi. "Ibn Umar (r.a.) ayolini u hayz ko‘rganda taloq qildilar. Bu ishlari uchun 
tanqid qilindi. Ayoli hayzdan tozalangach, taloq qildilar. Iddasi hayzli paytida taloq 
qilingan kundan hisoblandi". 
290
Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, Abu Ishoq Abu Burdadan, u otasidan rivoyat qiladi. Abu 
Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.): Alloh taoloning shariati bilan 
o‘ynashayotgan, xotinlariga «seni qo‘ydim, qaytib oldim» deyotgan kishilar holi qanday 
bo‘lar ekan!» deb marhamat qildilar". 
291
Abu Hanifa (r.a.) Mansurdan, u Sha’biydan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi: "Rasululloh 
(s.a.v.): "Ma’tuh (aljirab qolgan, aql-hushini yo‘qotgan. - 
Tarj
.) kimsaning talog‘i, 
savdo-sotig‘i joiz emasdir", dedilar". 
292
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) 
rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bizga o‘zlaridan 
ajralishga ixtiyor berdilar. Biz ajralmadik ul zotni ixtiyor qildik (tanladik). Bu taloq 
sanalmadi". 
293
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) 
rivoyat qiladi: "Oisha onamiz (r.a.) joriyasi Barirani ozod etdilar. Uning (joriyaning) eri 


Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
61
Abu Ahmad sulolasining ozod etilgan quli edi. Rasululloh (s.a.v.) joriyaga erining 
nikohida qolish-qolmaslik borasida ixtiyor berdilar. U ajrashishni xohladi. Rasululloh 
(s.a.v.) ularni ajratdilar. U joriyaning eri hur edi". 
294
Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: "Rasululloh (s.a.v.): 
"Joriyaning talog‘i ikkita, iddasi esa ikki hayzdir", dedilar". 
295
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u hazrati Umardan (r.a.) 
rivoyat qiladi. Hazrati Umar (r.a.) aytdilar: "Rost yo yolg‘on gapirganni biz bilmagan bir 
ayolning so‘zi bilan (so‘ziga kirib) Rabbimizning Kitobini, Rasulimizning sunnatlarini tark 
etmaymiz. Uch taloq qo‘yilgan xotinga yashaydigan joy va nafaqa beriladi". 
296
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan rivoyat qiladi. Asvad aytadi: 
"Horis Aslamiyaning qizi Subayataning eri o‘ldi. Ayol yigirma besh kechadan so‘ngra 
tug‘di. Abu Sanobil ibn Ba’kak Subayata oldiga keldi va: 
- Bezanganingga qaraganda turmushga chiqmoqchisan, shekilli. Allohga qasamki, "Ikki 
iddaning ko‘pi o‘tguncha kutasan. (Tug‘ishi bilan ayolning iddasi tugaydi. Eri o‘lgan ayol 
esa to‘rt oy o‘n kun muddatigacha idda saqlaydi.)
Ayol bu holni kelib hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) xabar berdi. Hazrati Payg‘ambar 
(s.a.v.):
- U yolg‘on so‘zlabdi, kelganida menga xabar ber, - deya marhamat qildilar". 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish