Microsoft Word musaffo osmon ziyouz com doc



Download 187,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/45
Sana09.03.2022
Hajmi187,45 Kb.
#486741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
musaffo osmon

www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
uchratgan edi. Mana, nihoyat, ertaga o‘sha xonimlarni u o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. 
— Lekin albatta, kelgin-a, bilding? — deb yana iltimos qildi Mo‘ltoniy. 
— Urinib ko‘raman, urinib ko‘raman, — dedi Ishoq yasama beparvolik bilan. — Ertaga meni avliyo 
Ksaveriy kolleji professorlari choyga taklif qilishgan, keyin Xitoy elchixonasida hind tasviriy san’ati 
to‘g‘risida nutq so‘zlashim kerak, kechqurun kinodramaturglar anjumani “Toj”da ziyofat beradi. 
Qayoqqa borishimni ham bilmay qoldim. 
— Yo‘q, yo‘q! Albatta mening kemamga bor! Bilding! 
— Harakat qilaman, og‘ayni, urinib ko‘raman! — dedi Ishoq mutlaqo loqayd kayfiyatda va 
xayrlashib jo‘nab ketdi. 
Ammo ertasi kuni u soat besh yarimdayoq kemaga o‘tadigan yo‘lakka kelib turgan edi. 
* * * 
Hozir Ishoq kottej ayvonida shezlongda oyog‘ini uzatib, ko‘zini yumib yotarkan, Jamila bilan 
birinchi marta uchrashgani ko‘z oldida aniq namoyon bo‘ldi... 
Ishoq bilan Mo‘ltoniy kema palubasida turishardi. Shu payt Kalteks shirkatiga qarashli benzin 
ombori bilan qop-qora ulkan omborlar orasida, ular ustiga bosh eggan mahobatli kranlar tagida, 
yo‘lakda mo‘‘jazgina yashil avtomobil ko‘rindi. U shundoqqina “Nizom” zinasi tagiga kelib to‘xtadi. 
Mashina eshigi ochilib, undan birin-ketin uchta qiz sakrab tushdi. Ular shu zahoti zinadan kema 
bortiga ko‘tarila boshladilar. 
Sharq ayoli o‘z oyog‘ining to‘pig‘idan yuqoriroq qismini ochib yurishi mumkin yo mumkin emasligini 
bilolmay, haligacha taraddudlanib kelmoqda. Uning taraddudlanishini, ayniqsa, zinadan 
ko‘tarilayotgan chog‘ida kuzatish maroqli. Dastavval u sarisini salgina ko‘tarib oladi, keyin birdan 
uyalib ketib, shosha-pisha etagini tushiradi. Lekin bu alpozda zinadan ko‘tarilish ancha mashaqqatli, 
shunda u yana sarisini ko‘tarib ichki yubkasi etagini ochadi, ammo bir qadam yurishga ulgurmay, 
etagini bosib qoqilib ketadi. Xullas, sari dam ko‘tariladi, dam tushiriladi, ayol nima qilishini bilmay, 
goh xijolat bo‘lib jilmayadi, goh cho‘g‘day qizarib ketadi. 
Bunaqa manzara Ishoqning joni-dili edi; uning taxminicha, ayolni bir vaqtning o‘zida ham “ha”, 
ham “yo‘q” deyishga majbur etuvchi og‘ma xislat, ayniqsa, uning zinadan chiqayotgan paytida aniq 
namoyon bo‘lardi. 
“Nizom” kemasi zinasidan chiqayotgan qizlar ham aynan shunday vaziyatni boshdan kechirdilar. 
Ular qiynala-qiynala, nihoyat, zinaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi, vale oxirgi g‘ovni, ya’ni 
zinadan palubaga sakrab o‘tiladigan g‘ovni zabt etish uchun ularda endi majol qolmagan edi. Ishoq 
xonimlarga yordam qo‘lini cho‘zib, har birini bitta-bittadan palubaga olib o‘tdi. Shu zahoti qizlarga jon 
kirdi va baralla xoxolab kulib yubordilar. Ular xuddi: “Xayriyat-e, bir azob orqada qoldi”, demoqchi 
bo‘lganday, gul-gul yashnab kulishdi. 
Mo‘ltoniy qizlarni tanishtirdi: 
— Bu — Jamila... Shakuntala... miss Sanjana... 
Jamila — arabcha ism. Shakuntala — hind qizi, Sanjana — fors bo‘lsa kerak; lekin uchovlari ham 
yoshgina, sog‘lom, latifa qizlar. 
“Bunaqa qizlar yigit qonini jo‘sh urdiradi, xuddi to‘lin oy balqigan tundek, — deb o‘yladi Ishoq. — 
Bugun rosa miriqib mayxo‘rlik qilamiz!” 
* * * 
Lekin mayxo‘rlik uncha o‘ngmadi. Vaqtixushlik ham sira qovushmadi. Ikkinchi mexanikning 
kayutasida uchala qiz torgina divanda siqilishib o‘tirisharkan, shampan vinosini ichishganda, xuddi 
birov ularni zo‘rlab achchiq dori ichirayotganday, aftlarini burishtirardilar. Mo‘ltoniy ular ro‘parasidagi 
oromkursida faqat suv ichib o‘tirdi — ma’lum bo‘lishicha, u spirtli ichkilikni mutlaqo og‘ziga olmas 


Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar 

Download 187,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish