Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
— Voy opa, qarang, bir qarang, — dedi Nazmi, — shoxlari chiqibdi! 
— Boya nima deding? — dedi Sarvar uning pichingini tushunmaganday, — «Odamni 
isnodlarga qoldirasiz» dedingmi? Men futbolni ko‘rmay shu gapingni o‘ylab o‘tirdim. 
— Gapimga nima bo‘pti? 
— Qiziq-da. Odam isnodga qolsa, senga nima? 
— Voy, savil, opa, ukangizning gaplarini eshityapsizmi? Men odam emas emishman... 
— Men unaqa demadim, — Sarvar shunday deb choy xo‘pladi, — choyni yangila, 
sovubdi. 
Nazmi opa-ukaga bir-bir qarab chimirildi-da, jahl bilan o‘rnidan turib, tashqariga 
chiqdi. 
— Ba’zan juda oshirib yuborasan-da. Choy issiq edi-ku? — dedi Matluba ukasiga 
norozi qiyofada boqib. 
Shunaqa demasam, vaysab o‘tiraveradi. Ha, nima bo‘ldi, tinchlikmi? 
— Vazirlikka hisobot olib tushuvdim... 
— Bo‘ladigan gapni gapirsang-chi. 
Matluba ukasidan sir saqlamas edi. Ammo bo‘lib o‘tgan gaplarni hozir aytgisi kelmadi. 
Erining o‘ynashi oldida, o‘zi «shaltoq, isqirt», deb hisoblagan bir ayol qarshisida past 
ketgani, aniqroq aytilsa, mag‘lub bo‘lganini tan olgisi kelmadi. Shu sababli «bo‘ladigan 
gaping nimasi», deb ukasidan nigohini olib qochdi. Ziyrak Sarvarga shuning o‘zi kifoya 
qildi. 
— Bo‘ldi, to‘k dardingni, yana yorilib ketmagin, — dedi u opasiga tikilib. 
Matluba bu qarashga bardosh bera olmadi. Bir soat avvalgi voqea, mag‘lubiyatdan 
toshgan dardu alam daryosi ko‘zlaridan yosh bo‘lib quyila boshladi. 
— Yorilasan, dedim-ku! Ayt, nima bo‘ldi? 
Matluba ro‘molchasi bilan burnini chimdib qo‘yib, «hech narsa» dedi-da, 
sumkachasidan erining xatini olib, uzatdi. 
Sarvar xatni o‘qib, bir oz o‘ylandi. So‘ng «xato o‘qimadimmi» deganday satrlarga 
yana ko‘z yugurtirdi. 
— Ha... tushibdilar, akaginam... — dedi o‘ziga o‘zi gapirganday. 
— Nimaga tushadi? 
— O‘g‘rilarning qo‘liga tushibdi ering. 
— Qanaqa o‘g‘rilar? — Matluba bu yangilikdan ajablanib, yig‘ini ham unutdi. 
— Qanaqa bo‘lardi, oddiy sovet o‘g‘rilari, — deb piching qildi Sarvar. So‘ng 
jiddiylashdi: — Ularga soliq to‘lanmasa ersiz qolasan. 
— Sen buni qaerdan bilasan? 
— Bilaman-da. 
— Yo‘q, ayt, qaerdan bilasan? 
— Men bilan birga o‘qigan Habib esingdami? «Zolotoy» derdik. O‘ninchida 
o‘qiyotganida qamalib ketuvdi. Esingda yo‘qmi? Xo‘p, unda esing Tursunali akang bilan 
band edi. Xullas shu bola ikki marta o‘tirib chiqqan. Salkam «vor v zakone». 
— Bu nima degani? 
— O‘g‘rilarning zo‘ri, degani. O‘sha gapirib beradi menga bunaqa gaplarni. 
— Uchrashib turasanmi? O‘g‘ri bilan-a? 
— O‘g‘ri bo‘lsa, ko‘chada o‘g‘ri. Uyda mening oshnam. 
— Bu xatni unga ko‘rsataylik. 
— Foydasi yo‘q. 
— Nega? 
— Tanish-bilishlik, iltimos degan narsa bizlarda bo‘ladi. O‘g‘rilarda bunaqasi yo‘q. 
Eringni shunga hukm qilishibdimi — tamom. Davlatning xazinasiga o‘xshab, ularning 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish