Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
Xotinlarning shivir-shiviri tavonxonagacha yetib boradi. «Opoqi, qudalar 
xavotirlanishyapti, o‘g‘lingiz bir soatdan beri yo‘q emishlar». «Yarim soat» tavonxonaga 
«bir soat» bo‘lib yetib bordi. Bu gap xotinlar tili vositasida ko‘chaga chiqquday bo‘lsa, 
«ikki soat»ga yetishi tayin. O‘g‘lining qaerdaligini ona bilmay, kim bilsin? To‘g‘ri, bu 
gapni eshitib, avvaliga yuragi «shuv» etib ketdi. Harholda do‘stdan dushman ko‘p. 
Onaning ziyrak fahmi bu xavotirni darrov quvdi. «Voy, sho‘rginam, bugun futboli boridi-
ya! To‘yni ertaga ko‘chiring, deganida qudalar ko‘nishmovdi». Xullas, Sarvar yana 
o‘nbesh daqiqadan so‘ng «topildi». O‘sha kuni u umrida yagona zo‘r «jasorat» ko‘rsatdi: 
futbol o‘yinining faqat ikkinchi bo‘limini ko‘rdi. Birinchi bo‘limini esa «umrida bir marta 
bo‘ladigan tantana» — to‘y uchun qurbon qildi. Tabiiyki, Nazmi bundan o‘sha paytda 
bexabar edi. 
Kuyov to‘ra xushnud holda joylarini egallaganlarida kelin poshsha arazlaganday bir 
chimirilib qo‘ydilar-u, tergamadilar, turmushning dastlabki daqiqalaridayoq tergashni 
o‘zlariga ep ko‘rmadilar. Bu ham o‘ziga xos bir jasorat bo‘ldiki, zikr etilmog‘i albatta, 
o‘rinlidir. O‘yin ko‘ngildagiday tugagani uchun kuyov to‘raning kayfiyatlari yaxshi edi. 
Barmoqlarining uchi bilan kelin poshshaning yumshoq joylarini o‘g‘rincha silab, 
quloqlariga shivirladilar: 
— Sizga bitta she’r aytib, beraymi? 
Kelin poshsha ajablanib, «she’r yozgani ketgan edingizmi?» degan savol nazari bilan 
qarab qo‘ydilaru bosh irg‘ab, she’rni o‘qimoqqa ijozat berdilar. 
Kuyov to‘ra yana quloqqa shivirladilar: 
— Ekin ekadig‘on yering bo‘laman, bugundan boshlab ering bo‘laman. 
Kelin poshsha «piq» etib kulib qo‘ydilar. Bu kulgi kuyov to‘raning gunohlari 
kechirilganiga bir ishorat edi. Qadah ko‘tarib tabrik so‘zi aytayotgan mehmon go‘yo 
kuyov to‘raning hozirginada she’r aytganlarini sezganday «mushoira»ni davom ettirdi: 
«Sarvarbek! — deb xitob qildi u. — To‘y to‘ylashib keldik elingizga, Xudo quvvat 
bersin belingizga!» To‘yxonani qiyqiriq bosib, xotinlarning farazlarga boy «shivir-
shiviri»ga yakun yasaldi. Mana shu qisqa vaqt davomida Sarvar xotinlar tili bilan 
yasalgan «uchar gilam»da yaxshi ko‘rgan qizi bilan uchrashib qaytishga» ulgurdi. 
Nazmi har safar shu voqeani eslaganida bir entikib qo‘yadi. Hozirgi entikish eriga 
bo‘lgan arazni nari surdi. Qayin egachisiga mehribonlik ko‘rsatib, Matlubaning 
qarshiligiga qaramay dasturxon tuzadi. Choy damlab kelgach, qo‘ni-qo‘shnilar, qavmu 
qarindoshlar hayotidan qisqa-qisqa axborot berdi. Matluba kelinining bu odatini ham 
yaxshi ko‘radi, ham ranjiydi. Yaxshi ko‘rganining boisi — Nazmi bilan besh daqiqa birga 
bo‘lsa bas, barcha yangiliklardan xabardor bo‘ladi. Ranjiganining boisi — uning tashrifi 
haqidagi ma’lumot ham ertasigayoq «xotinlar telegrafi» orqali tarqaydi. Tursunali 
qamalganidan beri bu «telegraf» to‘la quvvat bilan ishlaydi. Matluba ba’zan «gap shu 
yerda qolsin», deb keliniga qattiq tayinlaydi. Kelinning «og‘zi mahkam». Matluba 
ketguniga qadar bu gap ostona hatlamaydi. Matluba tushgan avtobus shaharni tark 
etmay, sir saqlanmog‘i lozim bo‘lgan yangilik ozgina qo‘shilgan, bezalgan holda «xotinlar 
telegrafi»ga ulanadi. 
Nazmi mahalla yangiligini tugatib, qarindoshlarga o‘tganida Matluba uning gapini 
bo‘ldi: 
— Vazirlikka hisobot olib tushgan edim. Qog‘oz o‘lgur biram ko‘p. Bitta-bitta tekshirib 
olgunicha kech bo‘lib ketdi. 
Matluba bu gapni «xotinlar telegrafi» uchun atay aytdi. «Hisobot oladigan qo‘ng‘iz 
mo‘ylov opamga bir-ikki ilmoq tashlash uchun atay kechgacha olib o‘tiribdi», degan 
qo‘shimchadan, shubhasiz, Matluba bexabar qoladi. 
Futbol tugab, Sarvar chiqib keldi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish