Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
«Qulsan, bo‘tam, qulsan. Ko‘zlari yumuq qulsan. Aqli muhrlangan qulsan. Ko‘zlaring 
ochiq bo‘lsa edi, ozodlik sari yurgan bo‘lar eding. Aqling qulflari buzilsa edi, kishanlarni 
urib sindirar eding». 
«Kishan? Yo‘q, bizda kishan... 
«O, ko‘ngil, sen bunchalar nega 
Kishanlar bilan do‘stlashding, 
Na faryoding na doding bor...» 
Bo‘tam, sen bu satrlarni bilarmisan? Cho‘lponni eshitganing bormi?» 
«Cho‘lpon? Kim u?» 
«O, millat, baxti qaro millat! Seni zulmatdan yorug‘likka olib chiquvchi avlod shularmi 
edi?» 
«Gaplaringizni tushunmayapman?» 
«Vatan nadir? Millat nadir? Erk nadir? Anglarmisan o‘zing? «Kulgan boshqalardir, 
yig‘lagan menman... Hayvon qatorida sanalgan menman...» O, millat holing na bo‘lar 
endi» 
«Ota, biron yeringiz og‘rimayaptimi? Kasal emasmisiz?» 
«Men sog‘man, bo‘tam, millatim xastadir. Men bugunmi, ertami o‘limimni toparman. 
Oqibat bu yorug‘ dunyoga sig‘may qolarman. Vatan sog‘inchi bilan tepayotgan 
yuragimga bittagina o‘q kifoya. Vatanni bir martagina ko‘rmoq umidimni o‘zim bilan 
tufroqqa olib keturman». 
«Vatan, Vatan, deysiz? Vatanda turibsiz-ku?» 
«Bir jihatdan gaping to‘g‘ri, bo‘tam. Bu Xuroson — bobolarimiz Vatani. Bizningda 
Vatandir bu. Ammo mening kindik qonim to‘kilgan Vatan — Andijondir». 
«Ie, men ham o‘sha yerlikman». 
«Qora qoshlaringga qarab ko‘nglim sezib edi. Sen kirishing bilan Vatan isi dimog‘imga 
ufurdi. Shu bois so‘zlayverdim». 
«Ismingiz nima, otaxon?» 
«Ismim — Darbadar». 
«Ie, shunaqa ism ham bo‘ladimi?» 
«To‘g‘ri, bunaqa ism yo‘q. Lekin shunaqa odamlar bor. Mingtepa degan joyni 
bilasanmi? Jannatmakon otamning kindik qonlari o‘sha qishloqqa tomgan. Otam bir 
yoshga to‘lmay turib bobomning yurak qoni shu qishloqda oqqan. O‘ruslar Mingtepa 
ariqlarida inson qonlarini oqizib, so‘ng atrof qishloqdagilarni adirga haydaganlarini nahot 
eshitmagan bo‘lsang? O‘zbeklarni darbadar qilib, ularning o‘rniga o‘ruslarni ko‘chirib olib 
kelib «marhamat, yashanglar!» deganlarini ham eshitmaganmisan? Axir o‘sha fojiadan 
«Marhamat» degan nom xotira bo‘lib qolgan-ku? Yo Rab, bu ne ko‘rgulik? Dukchi 
eshonni bilarsan balki?» 
«Maktabda o‘qiganmiz. Odamlarni aldab boyigan kishi ekan». 
«Astag‘firulloh! Eshon hazratlarining niyatlari ko‘krak suti kabi pokiza edi. Vatanni 
ozod etmoqni niyat qilib edilar. Jannatmakon bobom hazrat eshonning muridlari bo‘lgan 
ekanlar. Ularning isyonini eshitganmisan?» 
«O‘qiganmiz. Uch-to‘rt soatda bostirilgan ekan». 
«Nima uchun shu qadar tez bostirilgan? O‘ylab ko‘rganmisan?» 
«Biz o‘qituvchi o‘tgan darsga ishonamiz. O‘ylamaymiz». 
«Yo millat, holingga voy! Sen bir o‘yla, bo‘tam, Eshon hazratni fitna, ig‘vo tuzog‘iga 
tushirganlar. O‘ruslar eshon hazratdan qo‘rqqanlar. Hazratning atrofiga odamlar tobora 
ko‘p to‘planaverganlar. Yana bir yil qo‘yib berilsa, Eshon hazrat g‘oyat katta kuchga ega 
bo‘lur edilar. Agar jihod bir yil keyin boshlanganida bu yurtlarda o‘rusning urug‘i qurur 
edi. Bilib qo‘y: millatni xor qilgan o‘ruslar emas, o‘zimizdan chiqqan xoinlar, ig‘vogarlar. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish