Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
bersin», degan edi. Bugun Tengiz yaqinlashayotganini ko‘rib, bir ichi yorishdi-yu, keyin 
yana zulmat qo‘ynida qoldi. 
Nuriddin uning iltimosini Tengizga aytgan edi. 
— Hamzat, — dedi Tengiz unga javoban, — sen hech qachon odamlarga, ayniqsa, 
bunaqalarga achinma. Bu odam kim bo‘lgan, bilasan-a? Sovxoz direktori! Bu yerda sen 
bilan menga yalinib yuribdi. Amal otida kerilib, davr surayotgan damlarida bizni odam 
o‘rnida ko‘rarmidi? Bu xunasa boshqalarni eshshakday ishlatib, o‘zi maishatini surib 
yurgan. Ana endi mehnat nima, azob nima bilib qo‘ysin. 
— U chidolmaydi, o‘lib qoladi, — dedi Nuriddin. 
— Qo‘yaver, o‘lsa ham mehnat bilan o‘lsin. Sen daraxt kesish boshlanguniga qadar 
mening yonimda yura turasan. Ammo bir narsani unutma: men bilan bo‘lganingda 
ko‘zing ko‘r, qulog‘ing kar bo‘ladi. Ko‘rganingni ko‘rdim demaysan, eshitganingni 
eshitdim demaysan. 
Nuriddin bu buyruqqa itoat etdi. Bu itoati bilan o‘g‘rilar olamiga dastlabki qadam 
qo‘yganini o‘zi ham sezmay qoldi. Shu paytgacha o‘g‘rilar sirtmog‘iga bo‘yin bermay 
kelayotgan edi. Tengiz ko‘zga ko‘rinmas sirtmog‘ini ustalik bilan tashladi. O‘sha kuni 
«politbyuro» to‘plandi. Hal qilinadigan aniq masala yo‘q edi. Shu bois «chefir» choy 
ichib, qarta o‘ynab gaplashib o‘tirishdi. Qo‘tos ham, Koshak ham, boshqalar ham 
xizmatdagi Nuriddinga qarab-qarab qo‘yishardi. Koshak nech-ta uyni bosganiyu qancha 
odamni asfalasofilinga jo‘natganini aytayotganida Tengiz uning gapini bo‘ldi: 
— Koshak, biz bu gaplarni bilamiz. Agar Hamzatni qoyil qoldirmoqchi bo‘lsang, 
yanglishasan. Hamzat Afg‘onda o‘ldirgan odamlarni sen sanog‘iga yeta olmaysan. 
Koshak «shunaqami?» deganday Nuriddinga zimdan qarab qo‘ydi. Tengiz aytmasa 
ham Nuriddinning kimligi, ochiqlikda nima qilgani bu yerdagilarning hammasiga ayon 
edi. Bu choyxo‘rlik, bu xizmat bo‘lajak o‘g‘ri bilan «yaqinroq tanishish» maqsadida 
uyushtirilgandi. 
«Politbyuro» a’zolariga Nuriddin ma’qul keldi. Unga qarshi e’tiroz bildirilmadi. 
Tarqalish paytida Koshak: 
— Uning tarbiyasini Qo‘tosga ber, — deb talab qildi. 
— Hozir emas, — dedi Tengiz, — Bu bola egar urilmagan asov ot. Hurkib ketadi. Uni 
o‘zim egarlab, jilovlab beraman. Ana undan keyin Qo‘tosning qo‘liga tutqizaman. 
Nuriddin Bifshteksni o‘ldirgach, qamoq lagerida o‘ziga nisbatan munosabat 
o‘zgarganini sezdi. «Polit-byuro» majlisidan so‘ng esa, lager boshliqlari ham unga 
yumshoqroq muomala qila boshladilar. Ana shunda Nuriddin «bularga bog‘lanib to‘g‘ri 
qildimmi?» deb o‘ylandi. Bulardan uzoqlashishning turli yo‘llarini izladi. U fahmi yetgan, 
bilgan barcha yo‘llarning boshi berk edi. «Faqat o‘limgina bulardan qutqarishi mumkin», 
degan to‘xtamga keldi. 
Garchi qamoq lagerida erkinroq yurishga sharoit yaratilgan bo‘lsa-da, u ruhini 
qafasdan bo‘shata olmas edi. U Bifshteksdan zo‘rroqlari bilan ham olishmog‘i mumkin, 
ammo o‘zini o‘zi yenga olmas edi. «Ismingiz nima, otaxon?» deb so‘raganida kulimsirab 
turib «Darbadar» degan o‘sha qariyani qutqarib yuborolmagani uchun o‘zini o‘zi to 
o‘lgunicha la’natlasa kerak. 
 
Tayyorgarlik mashqlari davrida askarlar orasida «Afg‘onga tashlashar ekan», degan 
mish-mish yurardi. Birovlar qo‘rqib, najot istab uylariga xatlar yozsalar, boshqalar 
«baynalminal burch»ni bajarish, qahramonlik ko‘rsatish ilinjida janggohga oshiqardi. 
Ba’zi yigitlar esa, «Afg‘ondan qaytganlar istitutlarga imtihonsiz qabul qilinar ekan», deb 
umid qilishardi. Institutlarga kirish uchun Afg‘ondan tirik holda qaytish lozimligini esa 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish