Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
qaytarish mumkinmasligini fahmlamasdi. Bora-bora g‘ishtning qolipdan ko‘chganini ang-
lagach, jiyaniga «qishloqqa kamroq kel», deb qo‘ydi. Nafisa buvisining janozasiga kelib
yettisi o‘tgunicha turmoqchi bo‘lganida Yigitali xotinlarning visir-visirlaridan bezib, 
jiyaniga «Endi qizim, bu yerda turganing bilan buving tirilib qaytib kelmaydilar. Yaqinda 
er qilgan odamsan, uyingdan uzoqma. Endi qishloqqa kelib ovora ham bo‘lovurma. 
Sog‘inganimda o‘zim borib xabar olaman», deb kuzatib qo‘ydi. Shundan so‘ng u jiyanini 
sog‘inmadi, jiyan ham «tog‘am yo‘qlamayaptilar», deb xavotirlanmadi. Yigitali jiyanining 
yashash joyini ham bilmasdi, bilishga qiziqmadi ham. Nafisa bilan birga o‘sgan qizining 
bordi-keldi qilish haqidagi gapini ham shart bo‘lib qo‘ya qoldi. Otasining fe’lini bilgan qizi 
istagini bir aytdi-yu, boshqa tilga olmadi. 
Omonulloning «avvalgi sovxoz direktori bilan yaqin bo‘lgan ekan», degan savoli 
Yigitalining yarasini tirnab qo‘ydi. U savoldan norozi bo‘lib emas, ana shu tirnalgan yara 
azobiga chidolmaganidan o‘rnidan turib ketgan edi. Yigitali shu savol-javobdan so‘ng 
tumtayib oldi. Buni sezgan Omonullo ezmalanib o‘tirmadi. Soatiga qaradi-da, kechki 
poezdga ulgurish maqsadida o‘rnidan turib, xayrlashdi. 
Tongda poezddan tushib, yuvinib, kiyimlarini almashtirish niyatida uyiga bordi. 
Qaynonasi yuvib-dazmollagan ko‘ylaklarni javondagi ilgichlarga ilib, uyni yig‘ishtirib, stol 
ustidagi kaftdek qog‘ozga qisqagina maktub yozib qoldirgan ekan: «Fotimangiz telpon 
qilib, salom aytdi. Ishlari tezlashyaptiykan. Dadangiz ikki-uch kelib-ketibdilar. Xavotir 
olyaptilar». Keyingi so‘zlarni o‘qib, Omonullo jilmayib qo‘ydi. Qaynona «dadangiz» 
deganda Omonulloning tutingan otasini nazarda tutgan, «xavotir olyaptilar», deb borib 
ko‘rishga da’vat qilgan edi. Tutingan otasi ulardan to‘rt eshik narida turadi. Uni borib 
ko‘radigan bo‘lsa, qaynota-qaynonani yo‘qlashi ham tabiiy. Qaynonasi «biznikiga kirib 
o‘ting», demay, chiroyli tarz-da maqsadni bayon qilib ketgan edi. Ona mehriga zor 
o‘sgan Omonullo yumshoqko‘ngil, shirinmuomala qaynonasini kuyov emas, chin o‘g‘il 
muhabbati bilan izzat qilardi. Qaynonasi esa onalik mehrini bergan edi. Omonullo bilan 
Fotima orasida jiddiy to‘qnashuv bo‘lmasa-da, ikir-chikir masalalarda ham doimiy 
ravishda kuyovining yonini olib, qiziga qarshi turardi. Shunaqa paytlarda Fotima «Oyi, 
men qizingizmanmi yo keliningizmanmi?» deb kulardi. Qaynotasining ezmaligi 
yoqmasligini hisobga olmaganda Omonullo uni ham yaxshi ko‘rardi. Vaqti bemalol 
bo‘lsa, gaplarini indamay eshitardi. Ba’zan o‘tirgan yerida mizg‘ib ham olardi. 
Qaynotasining eng yaxshi odati — «men shuncha gapirdim-ku, hamsuhbatim indamadi-
ya», yoki «gapimni yoqtirmay uxladi-ya», deb sira ranjimasdi. Omonullo salom berib 
«Qalay ada, yaxshi yuribsizmi?» deyishga ulgursa ulgurdi, ulgurmasa jim o‘tirishga 
hukm bo‘lardi. Qaynotasi gapira-gapira xumordan chiqardi-yu, mehmon ketgach, 
xotinining dashnom o‘qlariga uchrab yana kamgap, «mo‘’min»ga aylanardi. Fotima 
ba’zan gapga tushib ketsa Omonullo «Ha, ota qizi!» deb tegajoqlik qilib, uning jig‘iga 
tegishni yaxshi ko‘rardi. 
Omonullo bugun ishdan barvaqtroq chiqib, ularni yo‘qlashni ko‘ngliga tugib, choy 
qo‘yib ichdi-da, xizmatga yo‘l oldi. Yo‘l-yo‘lakay prokuraturaga kirib, Mels Xo‘jaevga 
uchradi. Safarga ketishdan avval ko‘rishganida bu kibor yigit uni lol qoldirgan edi: 
— Aka, siz haqingizda men ko‘p yaxshi gaplarni eshitib, xursand bo‘ldim, — degandi. 
— Men bu sohada yangiman. Tajribam yo‘q, bilimim ham yetarli emas. Lekin shu ishni 
yoqtiraman. O‘zim xohlab tanlaganman. Menga ish o‘rgating, iltimos, ish buyuravering. 
— Ishni prokuratura buyuradi bizga, — degan edi Omonullo piching ohangida. 
— Shunaqa demang-da. Odamlar «falonchining o‘g‘li» deb menga havas qilishadi. 
Aka, bilsangiz shu narsa meni ko‘p qiynaydi, menga ko‘p zarar beradi. O‘qishda ham 
uchib yurib o‘qidim. Ba’zi domlalar ko‘ngil uchun ham so‘rab qo‘yishmasdi. Bu yerda 
ham qiynagilari kelmaydi. «Falonchining o‘g‘li» bo‘lganim uchun men aybdor emasman-


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish