Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
«Hadeb voy-voylab o‘pkangni ko‘rsatavermay bitta qo‘y olib so‘ydirib xudoyi qilib 
yubor. Bizga balo yog‘ilyapti. Xudoyi qilmasang bo‘lmaydi. Boya domla o‘qiyotganida shu 
ko‘nglimga keldi». 
Toshbolta shu so‘zlarni aytmoqchi bo‘lganida ko‘zlari qassobga qarayotgan qo‘zichoq 
ko‘zlari kabi javdiradi. 
Adolat bu nigohga zuhr bo‘lgan ma’noni o‘z aqli yetganicha o‘qidi: 
— Mollarni borib olib kelaymi? 
«Kallangni ishlatsang-chi: balo yog‘ilyapti, deyapman senga. Qo‘y olib so‘ydir, xudoyi 
qil, deyapman. Baloga men uchradim, mayli, endi qizlarga urmasin. Sen alvastiga ham 
Xudoning atagani bordir, esingni yig‘sang-chi!..» 
Ularning bu tahlitda gaplashishi soqov bilan so‘qirning suhbatini eslatardi. 
— Ha, bo‘pti, nima demoqchi bo‘lganingni tushundim, — dedi Adolat. — Erta yo indin 
borib olib kelaman. Milisa bo‘lsa o‘ziga, men indamay qo‘yib berarkanmanmi? Noshud 
bo‘lmay qaro yerga kirgin sen. Shuncha molni uyga qo‘ymay, xaridorga topshirib 
kelsang o‘larmiding? Bu yoqqa hovliqib yugurganing bilan qizing tirilib qolarmidi? Mana, 
yugurganing bilan ko‘mish baribir senga nasib qilmadi-ku? Xudo bizga mehribon-da, seni 
shu ko‘yga solmaganda mo‘ylov jinning o‘la qolsa jiyanini ko‘mmasdi. Butun xarajat 
bizning gardanimizga tushardi. Eri o‘lgur qaysi go‘rlarda ekan? Xotin olmay o‘la qolsin, u 
so‘tak. Qiz bilan juvonning farqiga bormasa... 
Toshboltaning yuragi sanchib, og‘riqqa chidolmay ing-rab yubordi. Ancha bosilib 
qolgan kuragidan og‘riq ham uyg‘ondi. Oyoqlari yuzlab chayonlar hukmiga 
topshirilganday azob cheka boshladi. Ingrash o‘kiriqqa aylandi. Yonog‘iga yosh 
tomchilari dumaladi. 
«Bo‘g‘ib o‘ldirsang o‘ldira qol», degan iltijo bilan xotiniga boqdi. 
— Ha, shunaqa, — dedi Adolat o‘rnidan turib, — to‘g‘ri gap tuqqaningga yoqmaydi. 
Sog‘ paytingda ham quturgan tuyaga o‘xshab o‘kirib qolarding. Hozir ham shuning 
xumori tutdimi, he o‘kirmaygina o‘lgin sen... 
«To‘xta, hech bo‘lmasa oyoqlarimni silab qo‘y, bu azob bilan o‘lmay. Jonim 
chiqmasidan oldin sen ham menga bir yaxshilik qil». — Til bu gapga ham aylanmadi. 
Alhol, bu iltijo tish hatlab aytilgan taqdirda ham xotin tomonidan ijobatga olinmog‘i 
mahol edi. Javob tariqasida uning tilidan «Endi sening isqirt oyoqlaringni qashilash 
qoluvdi», degan gapning uchmog‘i ehtimoldan xoli emasdi. 
Toshbolta azoblar iskanjasida yotganida Nafisa ko‘rindi. 
«Qizim, jon qizim, kel, sen qutqar bu azoblardan». 
«Qanday qutqaray? Bu azoblarni men bermadim sizga, men qutqara olmayman». 
«Buving meni beto‘xtov qarg‘ayaptilar. «Seni Xudo urdi», deb quvonyaptilar. Men 
Xudoga nima yomonlik qildim. Mendan beshbattarlari ham yuribdilar-ku, yallo qilishib? 
Bittagina aybim — onangni urganim. Undan keyin men ham odamga o‘xshab yashayin 
deb harakat qildim, xalos. Boshqalar yeb-ichib, maishat qilib qornini silab yotganida, 
men och-nahor yashashim kerakmidi? Nima, nafs bitta menda bormidi? Nafsi o‘pqonlar-
chi? Qani, gapir, nega jim turibsan?» 
«Dada, men nafsni o‘lchaydigan tarozibon emasman. Mening bilganim — bizlarni shu 
nafs sharmanda qildi». 
«Sharmanda qildi? Tirikligingda ham shunaqa devding. Sharmandalik nima o‘zi? 
Ko‘zga ko‘rinmasa, qo‘lga ushlab bo‘lmasa, yeb bo‘lmasa, kiyib bo‘lmasa... Odamlarning 
gapimi? O‘shanda ham aytuvdim, hozir ham aytaman: tupurdim, o‘sha odamlarning 
o‘zlariga ham, gaplariga ham!» 
«Dada, unday demang, shu odamlar erta-indin sizni ko‘tarib joyingizga olib 
borishadi». 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish