Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
Omonullo unga bir qaradi-yu, indamadi. Safarning bu ayolga achinganidan emas, 
irgangani uchun kirmaganini bilardi. 
Ayol bu uyda paydo bo‘lganida shu atrofda yashovchilarning ayrimlari undan 
hayiqishdi, ba’zilari esa irganishdi. Shu ko‘chada, shu uyda tug‘ilib unib-o‘sgan 
Bobomuroddan barcha hayiqardi. Qamoqdan qutulib kelib, keyin yana qamalib 
ketguniga qadar birov unga yurak yutib tik qaray olmasdi. Bobomurod bu mahallada 
birovning cho‘pini olmagan, birovni chertmagan, birovni so‘kmagan bo‘lsa-da, «o‘g‘ri» 
degan nom bilan yurgani uchunoq hamma hayiqardi. Ayoldan hayiqishlariga sabab ham 
aynan shu edi. Ayol ko‘chaga kam chiqardi. Chiqqan mahalida o‘ziga xavotir bilan qarab 
turganlarini sezsa, jilmayishga harakat qilardi. Irganayotganlarini sezsa yuzini teskari 
burib olardi. Bir yili Omonullo Safar bilan kirganida opasi kasallik hurujidan endi holi 
bo‘lib turgan payti ekan. Esi o‘ziga qaytgani bilan rangidagi tundlik tarqamagan, 
parishon sochlarini tarashga hali ulgurmagan ekan. O‘shanda Ayol Safarning 
qarashidanoq uning irganayotganini sezdi. Ular uyga kirib o‘tirishgach, xonasiga o‘tib 
o‘ziga oro berdi. So‘ng dasturxon tuzadi. Choy quyib avval Bobomurodga, keyin 
Omonulloga uzatdi-da «o‘rtog‘ingizga» deb pichirlab qo‘ydi. Omonullo shundan so‘ng 
Safarning irganganini ham fahmladi, opasining odatini ham bildi. 
O‘shandan beri ancha yillar o‘tdi. Safar bilan yana bir necha marta keldi. O‘shandan 
beri Safar ostonaga qadar keladi-yu, ichkari kirmaydi. Har gal «yuragi siqilib ketishini» 
aytadi. Safar qanchalik yaxshi do‘st hisoblanmasin, mana shu kabi odatlari, kibrga 
bandaligi Omonulloga yoqmaydi. Ba’zilar do‘st tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Ba’zilar esa boriga shukr qilib yuradilar. Omonullo ana shu ikkinchi toifaga mansub. 
Bolalar uyida orttirgan do‘stlari turli tomonlarga tarqab ketishdi. Ikkitasi xastalik tufayli, 
uchtasi esa jinoyatchilarga qo‘shilib qolib bu dunyoni tark etdi. Institutdagilar ham turli 
shaharlarda ishlashadi. Birining bo‘sh vaqti ikkinchisiga to‘g‘ri kelmagani uchun ham 
kam uchrashishadi. Oyda bir uchrashib turadigani — shu sinfdoshlari. Xudo unga 
sinfdoshlarni tanlab-tanlab bergan. Kibrli, xudbin, dardi mol-dunyo bo‘lgan bolalarning 
bir sinfga qanday jamlanib qolganini Yaratgan bilmasa, bandasi bilolmaydi. 
Bularning ichida xokisori ana shu Omonullo edi. Sinfdoshlar uni oshkora tarzda 
mensishmadi. Bular orasida faqat Safargina mehribon edi unga. Ota-onasi ham 
Omonullo kirguday bo‘lsa ko‘kragidan itarmay, o‘g‘lining suyumli mehmoni sifatida izzat 
qilishardi. Maktabni bitirgach, besh-olti yilmikin, sinf-doshlari bilan deyarli ko‘rishmadi. 
Militsiyada ishlay boshlagach, ulardan birining ishi tushdi-yu, «gap» deb atalmish 
ziyofatga chorlanadigan bo‘ldi. O‘shandan beri har oyning ikkinchi payshanbasida ular 
bilan «gap yeydi». Garchi ular bilan maktabda birga o‘qigan bo‘lsa-da, o‘zining bu 
davraga begonaligini his qilib turadi. Ularning yashash tarzlari, dunyoqarashlari, fikrlarini 
hazm qila olmaydi. Ayniqsa keyingi paytlarda o‘zini tortishga bahona qidiradigan bo‘lib 
qolgan. Davrada hol-ahvol so‘rashayotganida «bola-chaqalar omonmi?» deyilganida 
uning yuragi uvishadigan odat chiqargan. O‘rtoqlari unga «xotining nega tug‘mayapti?» 
deb dashnom berishmasa ham shu savol ko‘ndalang turganday o‘ng‘aysizlanaveradi. 
Ayrimlar beixtiyor ravishda, savolni kimga berayotganini, oqibati nima bo‘lishini o‘ylab 
ko‘rmagan tarzda «bola-chaqalar qalay?» deyishganda Omonulloning yuragidan bir 
tomir uzilganday bo‘laveradi. 
Hozir Omonullo ruhini temir iskanjaga oluvchi davra sari borardi. Safar o‘zi kelmay 
telefonda eslatganida bormaslikning chorasini topardi. Otasinikiga kelgunicha do‘stiga 
qitmirlik qilib, ko‘nglini xushlamoqchi edi. Safarning «yuragi siqilganini» eshitib o‘zining 
ham ko‘ngli xufton pardasiga o‘rala boshladi. Tumtayib olmasa-da, gapirgisi kelmadi. 
Safar unga qarab-qarab qo‘yib: 
— Mendan xafa bo‘ldingmi? — dedi uzrli ohangda. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish