Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
— Buyumlari-chi? 
— Buyumlari tursa turaveradi, sasib ketarmidi? 
— Poezdda keldinglarmi yoki samolyotdami? 
— Samolyotda bosh aylanadi, ham qimmat. Bizlarga poezd durust. 
— Biletni tashlab yubormagandirsiz? 
— Biz qishloqi odam, bilet-miletni bilmaymiz. Paravodnik bilan kelishib 
kelaverganmiz. Ketishda ham shunaqa bo‘lgan. 
— Pravodnikning otini bilasizmi? Nechanchi vagon? 
— Nima, mendan gumon qilyapsizmi? O‘z qizimni-ya?! 
— Kimdan gumon qilishimni o‘zimga qo‘yib bering. Eshikni birinchi bo‘lib siz ochib 
kirgansiz, xabarni ham siz bergansiz. Mening odatim shunaqa, ishni shu birinchidan 
boshlayman. Qaysi vagonda kelgansiz? 
— Yettinchi. 
— Kuyovingiz qaerda? 
— Kuyovim... ishda bo‘lsa kerak? 
— Ishda? Bular o‘ldirilganiga uch kun bo‘lgan. Kuyovingiz uch kundan beri ishdami? 
Kasbi nima kuyovingizning? 
— Kuyovim olim. Yoz paytlari bir kun uyda bo‘lsa o‘n kun tog‘da yuradi. 
— Geologmi? 
— Unisini bilmadim. Lekigin to‘g‘ri Maskovning o‘zi bilan gaplashadigan bola. Tagida 
vertoleti bor. 
— Farzandlari... yo‘qmi? 
— Yo‘q... 
— Turmush qurishganiga qancha bo‘ldi? 
— Ikki-uch yil bo‘ldi... Qizim uning ikkinchi xotini. Avvalgisidan ajralib, ancha vaqt 
xotinsiz yurgan ekan. 
Omonullo katta xonaga, undan dahlizga qaytdi. Oshxonaga qaradi. Hamma yoq 
sarishta. Yaqin orada birov bunda choy ham ichmagan. Omonullo chap tomondagi 
eshikni ochdi. Yotoqxona ham sarishta. O‘rin usti hatto g‘ijimlanmagan. Omonullo 
oshxonadagi ekspertni yoniga chaqirdi: 
— O‘rin ustini, piyolalarni tekshirish esdan chiqmasin. Eshik qulfini ham ko‘rish kerak. 
Begona kalit tushgan-tushmaganini menga aniqlab berasiz. 
Ekspert «xo‘p» deb iziga qaytgach, Omonullo yana Toshboltaga yuzlandi: 
— Uyga kirib hech narsaga tegmadingizmi? 
— Nimaga tegaman? O‘zim bu ahvolda... — dedi Toshbolta yig‘lamsirab. — Uka, shu 
yoshga kirib bir ro‘shnolik ko‘rmagan odamman. Mening boshimga tushganlar itning 
boshiga tushmasin. Shu yoshga yetganimda menga ilmang bu qotillikni. 
Omonullo bu gapdan achchiqlandi. 
— Kim sizga ilyapti?— dedi ovozini balandlatib. 
— Hozir-ku ilmassiz... keyin jinoyatchini topolmasangiz men siz uchun tappa-tayyor 
go‘shtman. Bilaman, hali mening hayotimni ham kavlashtirasiz. Qamalib chiqqanimni 
bilganingizdan keyin osongina menga ilib qo‘ya qolsiz. Xudodan qo‘rqing, uka, bunday 
qilmang. 
«Nima qilay: so‘kib beraymi yo tushuntiraymi?» deb o‘yladi Omonullo. Keyin so‘kish 
ham, tushuntirish ham foydasiz, degan to‘xtamga kelib, xuddi hech qanday tuhmatni 
eshitmaganday so‘roqni kelgan joyidan bir maromda davom ettirdi: 
— Uyga kirganingizda yozug‘liq dasturxonni ko‘rgandirsiz. Yoki piyolalar yuvuqsiz 
bo‘lgandir. Shularni yig‘ishtirmadingizmi? 
— Hech narsaga tegmadim, faqat tilpon qildim, — dedi Toshbolta zardali ovozda. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish