– “(Ey Muhammad alayhissalom, Siz o‘zingizga nozil bo‘ladigan Qur’onni
barcha mavjudotni) yaratgan Zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan
(boshlab) o‘qing! U insonni laxta qondan yaratgan (Zotdir). O’qing! Sizning
Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni, yozishni – xatni) o‘rgatgan o‘ta
karamli Zotdir. U Zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi”. (Alaq surasi,
1-5-oyatlar).
Bu oyatlar insonlar uchun eng zarur bo‘lgan o‘qishni tavsiya etayotgan, har narsani
yaratgan yakkayu yagona Allohni ekani ta’kidlayotgan, Uning nomi bilan o‘qishni tavsiya
qilayotgan edi.
Muhammad alayhissalom bu muazzam hodisadan o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Butun vujudi
titrab, qalbida unga o‘qishni buyurgan o‘sha qudratli hilqat vahiy etgan so‘zlar
takrorlanardi:
Do'stlaringiz bilan baham: |