Microsoft Word muhammad sav bolaliklari ziyouz com doc


MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING HIRO TOG’IDA KECHIRGAN HOLI VA ILK



Download 72,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/30
Sana30.12.2021
Hajmi72,06 Kb.
#190861
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Shohista Kamol qizi. Muhammad alayhissalomning bolaligi va yoshliklari

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING HIRO TOG’IDA KECHIRGAN HOLI VA ILK 

VAHYI ILOHIYNING NOZIL BO’LISHI 

 

Milodiy 610 yil. Muhammad alayhissalom 40 yoshda.  



 

Rasululloh har yili Ramazon oyida Hiro tog‘iga borar, tanho qolib ibodat va tafakkurga 

berilar edi. Bu yil ham Ramazon oyini o‘sha yerda o‘tkazmoqchi bo‘ldilar. Bu istak juda 

kuchli edi. Agar bormasa, birov uni zo‘rlab olib boradigandek his etar edi o‘zini. 

 

Ajdodi Ibrohim alayhissalom ham ana shunday uzlatga chekilib Alloh taolo uchun ibodat 



qilgan emasmidi? Muso alayhissalom Alloh taolo bilan ko‘rishish uchun qirq kecha-

kunduz Tur tog‘ida ibodatga berilgan emasmidi? 

 

Hiro tog‘i Makkadan besh chaqirim uzoqlikda suvsiz, soyasiz qup-quruq cho‘lning 



o‘rtasida joylashgan edi. Muhammad alayhissalom ana shu tog‘da uzlatga chekinib, 

muroqaba holida hayot kechira boshladi. Kechasi oydin qamarning fusunkorligi, minglab 

yulduzlar bezagan ko‘kning cheksiz go‘zalligi insonda ajib bir hisni uyg‘otar, ilhom 

berardi. Muhammad alayhissalomning bu hayotini ko‘rganlar Muhammad (s.a.v.) 

Rabbisiga oshiq bo‘libdi, deyishardi.  



Muhammad alayhissalomning bolaligi va yoshliklari 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

23

Ibni Hishom: “Muhammad alayhissalom bu yerda chuqur tafakkurga tolar, koinotning 



cheksiz azamati, qudrati, tajallisi bilan borligini izhor etgan Allohga chuqur hushu’ va 

huzu’ bilan bog‘lanar, kunlab, haftalab tog‘da vaqtini o‘tkazardi”, degan edi.  

 

Haqiqatlar qalbga avval tush holida, so‘ngra esa aynul yaqiyn martabasi vositasida 



mushohada etiladi. Muhammad alayhissalomda ham vahiyning boshlanishi olti oy tush 

alomatlari vositasida kechdi. Latif ro‘yo olami unga kelajakdagi hodisalardan bahs etardi. 

Tushida ko‘rgani o‘ngida zuhur etardi.  

 

Hazrati Hadisa onamiz: “Rasulullohga vahiy yuborilishidan avval olti oy  shunday tushlar 



ko‘rar ediki, ular albatta haqiqatda sodir bo‘lardi. Ana shundan so‘ng yolg‘iz qolish istagi 

hosil bo‘ldi”, – degan edilar.  

 

Ramazon oyining 26 kuni o‘tgan, tun cho‘kkan edi. Rasululloh har kechadagidek uyquga 



ketdi. Erta tongda dahshatli ovozdan uyg‘onib ketdi. Oradan birmuncha vaqt o‘tib, 

umrida hech qachon ko‘rmagan bir hilqat paydo bo‘ldi. Bu Allohning maxsus vazifa bilan 

jo‘natilgan vahiy farishtasi Jabroil edi. 

 

Farishta Muhammad ibn Abdullohga: 



 

“Iqro bismirobbika”, ya’ni “Parvardigoringiz nomi bilan  o‘qing!” dedi. Hech bir 

nabiyga bu  shaklda xitob etilmagan edi. Bu faqatgina Muhammad alayhissalomga xos 

edi. Xitob uch bora takrorlandi. Jabroil uni uch bora bag‘riga bosdi va besh oyatdan 

iborat ilk vahiyni birgalikda o‘qidilar.  

 

“Iqro bismirobbikallaziy xolaqa xolaqal insana min alaq. Iqro va robbukal akramullaziy 



allama bil qalam. Allamal insana malam ya’lamu”. 

 


Download 72,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish