Boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga tekinga berish hollarida:
Dt 9220 Kt 0400 Boshlang’ich qiymati summasiga
Dt 0500 Kt 9220 Eskirish summasiga
Dt 9220 Kt 6410 QQS summasiga
Nomoddiy aktivlarning sotilishi va tekinga berilishiga oid oborotlar QQSga tortiladi.
Tekinga berish vaqtida QQS to’lovchisi bo’lib, uni beruvchi tomon hisoblanadi (qabul
qiluvchi tomon foyda solig’ini to’laydi).
Shuni ta’kidlash kerakki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar odatda huquqiy himoya
qilinadigan va litsenzion shartnomalar bilan rasmiylashtiriladigan nomoddiy aktivlar
ob’ektlarini emas, balki ulardan foydalanishga oid huquqni sotadilar. Bunday hollarda
nomoddiy aktivlar qiymati va ularning eskirish summasi o’zgarmaydi va sotish hisobvarag’i
bo’yicha faqatgina tegishli nomoddiy aktivlar ob’ektlariga bo’lgan huquqni sotishdan
tushgan tushum summasigina aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |