Mirabilit – Na2SO4 · 10H2O. (Ko‘pincha u «glauber tuzi» deyiladi). Tarkibi – Na2O – 19,3 %, SO3 – 24,8 %, H2O – 55,9 %. Monoklin singoniyali, kristallari kalta ustunsimon qiyofaga ega. Odatda, yaxlit donador, po‘stloq gard ko‘rinishda topiladi. U rangsiz, shaffof, ba’zan xira sarg‘ish, ko‘kimtir yashilroq tusda tovlanadi. Uning qattiqligi – 1,5–2; solishtirma og‘irligi – 1,5; shishadek yaltiraydi. Quruq va issiq havoda tarkibidagi suvi yo‘qoladi va tenarditga aylanadi. Mirabilit suvda oson eriydi. Natriy va sulfat anionlari bilan to‘yingan sho‘r suvli ko‘llarda hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |