Vanadinit – Pb5(VO4)3Cl. Tarkibida PbO – 78,3 %, V2O5 – 19,3 va Cl – 2,4 foiz bo‘ladi. Aralashma holda Pb2O5, Al2O3 uchraydi. U geksagonal, prizma va ignasimon qiyofalarda uchraydi. Ba’zan radial shu’la, tola-tola holida aniqlangan. Vanadinitning rangi sariq, qo‘ng‘ir va qizg‘ish tuzlarda bo‘ladi. Uning yaltirashi shishadek, yog‘langandek tuyuladi, qattiqligi – 3; solishtirma og‘irligi – 7; mo‘rt, notekis yuzalar bilan sinadi. Vanadinit qo‘rg‘oshin-rux konlarining oksidlanishi zonalarida hosil bo‘ladi. U vanadiy manbai sifatida sanoat ahamiyatiga ega.
Annabergit – Ni3[AsO4]2. Nomi Saksoniyadagi Annaberg konidan kelib chiqqan. Tarkibida – NiO – 37,5 %, As2O5 – 38,5 %, H2O – 24 %. U monoklin singoniyali, prizmatik kristallar hosil qiladi, ba’zan tuproqsimon massalar yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |