Selestin – SrSO4. Yunoncha «selestis» – havo rang demakdir. Tarkibida – SrO – 56,4% bo‘ladi, ba’zan Ca va Ba – 1,5–2 % atrofida. U rombik singoniyali, kristallari tabletkasimon, ustunsimon yoki prizma ko‘rinishda bo‘ladi. Uning rangi – havo rang, sarg‘ish, qizg‘ish, ba’zan rangsiz, shaffof, yaltirashi shishadek; ulanish tekisligi mukammal; sadafdek tovlanadi. Selestinning qattiqligi – 3,5; solishtirma og‘irligi – 4; mo‘rt mineral. Uning asosiy uyumlari cho‘kindi – xemogen sharoitda paydo bo‘ladi va gips, angidrid, stronsianit va baritlar bilan birga uchraydi. U dengiz organizmlarida, jumladan radiolyariya va ammonitlarning toshqotgan chig‘anoqlarida aniqlangan. Selestin strontsiy olishda birdan bir manbadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |