Minerallar turli tabiiy geologik jarayonlarda hosil bo‘ladigan moddalardir. Har bir geologik jarayonda o‘ziga xos minerallar paydo bo‘ladi.
Shuning uchun yer po‘sti ichkarisida va yuzasidagi barcha geologik jarayonlar ikki katta guruhga bo‘linadi: 1. Endogen (ichki); 2. Ekzogen (tashqi) jarayonlar.
Endogen mineral hosil qiluvchi jarayonlar magmaning faoliyati bilan bog‘langan bo‘ladi va ular quyidagi turlarga: magmatik, pegmatit, pnevmotolit, skarn, gidrotermal, vulkan, metamorfik jarayonlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |