Microsoft Word Mineral va petro lat doc


-§. Magmatik tog‘ jinslari



Download 4,27 Mb.
bet126/181
Sana31.07.2021
Hajmi4,27 Mb.
#133552
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   181
Bog'liq
2 5373003022144112772ker

5528-§. Magmatik tog‘ jinslari


Magma («magma» – xamir) – litosferada ma’lum qonuniyat asosida, murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan olovsimon quyuq qotishma. Magma barcha elementlarning har xil miqdordagi yig‘indisi bo‘lib, gaz va qaynoq bug‘larga to‘yingan bo‘ladi. Ko‘pchilik olimlar fikricha, tabiatda to‘rt xil magma – nordon, asos, o‘ta asos va ishqorli magma mavjud. Yer yuzida uchraydigan barcha magmatik jinslar ana shu magmalarning hosilasi hisoblanadi. Magma tarkibining har xil bo‘lishi litosferaning tuzilishiga, tarkibiga, ayniqsa magmaning o‘zida yuz beradigan differentsiatsiya (ajralish, bo‘linish) va assimilyatsiya (yutish)ga uzviy bog‘liq. Magma yer po‘stining faolligi, rivojlanishi, issiqlik va tektonik evolyutsiyasi bilan yaqindan bog‘liqdir. Mutaxassislarning fikricha magma yer rivojlanishi jarayonining geosinklinal davridan boshlab burmalangan o‘lkalarda faol rivojlanadi va uning muayyan turlari geosinklinalning ayrim davrlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Magma o‘chog‘ining chuqurligi hozirgi zamon geologiya fanlarining nazariyasiga binoan 20–50 km dan (litosferaning yuqorisi) va 100–700 km gacha (mantiyaning ustki qismi). Magmatik jinslar magmaning sovishi, qotishi, kristallashishi natijasida yuzaga keladi. Ular o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: effuziv va intruziv magmatik jinslar.



Effuziv jinslar yer yuzida va yer yuziga yaqin joylarda tez sovishi va qotishi tufayli shishasimon va juda mayda zarrali kristallarga ega bo‘ladi.

Intruziv jinslar magmaning yer po‘stida sovib kristallashishi oqibatida yuzaga keladi. Magmaning kimyoviy tarkibi quyida qayd etilgan elementlarning oksidlari holida ifodalanadi: SiO2, Al2O3, TiO2, Fe2O3, FeO, MgO, CaO, Na2O, K2O, va har xil uchuvchan va gazsimon elementlardan: H2O, HF, H2S, HCl, CO, CO2, F2, Cl2, B va boshqalardan iborat bo‘ladi.

Magmatik jinslarning asosiy komponentlari bo‘lib kuyidagi elementlar hisoblanadi: O, Si, At, Ti, Mn, Fe, Mg, Ca, Na, K.

Amerikalik olim G.Vashington bularni «petrogen (jins hosil qiluvchi) elementlar» deb atagan. Jinslarning kimyoviy tarkibi elementlar oksidlari bilan ta’riflanadi: SiO2, TiO2, MnO, Al2O3, Fe2O3, FeO, MgO, CaO, Na2O, K2O. Bular tog‘ jinsi tarkibining asosiy qismini (99 foizdan ortiqrog‘ini) tashkil etadi. Bundan tashqari H2O, P2O5, va uchuvchan elementlar uchraydi. Mendeleyev jadvalidagi qolgan elementlarning hammasi tog‘ jinsi tarkibida taxminan 0,3 %ni tashkil etadi. Ularning miqdori tog‘ jinslari tarkibidagi n · 10–8 gacha bo‘ladi.

Magmaning tarkibida kremniy oksidi (SiO2) eng ko‘p miqdorda uchraydi. Magmaning yopishqoqligi ham SiO2 ning ko‘p-ozligiga bog‘liqdir. SiO2 ga boy magma juda yopishqoq bo‘lsa, SiO2 kam bo‘lgan magma o‘sha bosim va haroratda suyuq va harakatchan bo‘ladi.

Magmatik jinslarning kimyoviy tasnifi undagi SiO2 ning miqdoriga asoslangan. SiO2 bilan nechog‘lik to‘yinganligiga qarab magmatik jinslar kuyidagi 4 guruhga bo‘linadi:


1. Nordon jinslar



SiO2 64–78 %

2. O‘rta jinslar



SiO2 53–64 %

3. Asosli jinslar



SiO2 44–53 %

4. O‘ta asosli jinslar



SiO2 30–44 %



Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish