Talk – Mg3[Si4O10][OH]2. Tarkibida: MgO – 13,7 %, SiO2 – 63,5 foiz, H2O – 4,8 %, ba’zan FeO – 2–5 % bo‘ladi. Monoklin singoniyali, kristallari geksagonal va rombik qiyofada. Agregatlari –varaq-varaq, tangacha-tangacha, yog‘langandek zich massa holida topiladi. Uning rangi och yashil yoki sarg‘ish, qo‘ng‘ir, yashilroq oq, shishadek yaltiraydi va sadafdek tovlanadi. Uning qattiqligi 1, varaqchasimon, varaqlari egiluvchan, qayishqoq emas, ulanish tekisligi o‘ta mukammal, solishtirma og‘irligi – 2,8, issiqlikni va elektr tokini yaxshi o‘tkazmaydi. O‘tga chidamli – 1300–1400 °C da ham erimaydi. Uning yumshoqligi qo‘lga yog‘langandek unashiga, rangiga va varaq-varaq tuzilishiga qarab aniqlanadi. Talk magnitga boy o‘ta asos jinslarning gidrotermal o‘zgarishidan paydo bo‘ladi.
Talk sanoatda keng qo‘llaniladi. Qog‘oz, rezina, parfyumeriya, sanoatlarida bo‘yoqchilikda, qalamlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |