www.ziyouz.com kutubxonasi
8
— Ha, qo‘l uzatsa yetadi. Shunday bir... — Ayol toqatsiz edi.
— Meni kechir, — dedi er uning ortidan juda tashvishli qaragancha, — butunlay esimdan chiqibdi:
men bugun doktor Nlleni taklif qilgan edim-ku.
— Doktor Nlleni? — ayol eshik tomon yo‘naldi.
Er uni tirsagidan tutdi-da, shahd bilan xonaga qaytarib olib kirdi.
— Ha.
— Pao nima bo‘ladi?
— Pao qochib ketmaydi. Biz Nlleni kutib olishimiz kerak.
— Boramanu, qaytaman.
Er yo‘q degandek boshini chayqadi.
— Ha, yo‘q. Buning ustiga, ularning uyigacha ancha yurish kerak bo‘ladi. Butun yashil vodiydan
o‘tib, katta anhor ortida-ya. So‘ng yana pastga qarab ketiladi... Havoniyam ko‘rmaysanmi,
yondiraman deydi. Doktor Nlle seni ko‘rib rosa xursand bo‘lardi. Eshitdingmi?
Ayol hech nima deb javob bermadi. U faqat bir balo qilib chiqib ketsa-yu, bu yerdan qochib qolsa
— shuni o‘ylardi. Ovozining boricha qichqirishni istardi. Lekin u tuzoqqa tushgandek o‘rindiqda o‘tirar,
asta-asta qimirlatayotgan barmoqlaridan ko‘zlarini uzmasdi.
— Illa, — to‘ng‘illadi er. — Hech qaerga ketmaysan, shundaymi?
— Ha, — dedi ayol uzoq sukunatdan so‘ng. — Ketmayman.
— Kun bo‘yi uyda bo‘lasanmi?
Ayol bo‘g‘iq ovozda javob berdi:
— Ha, kun bo‘yi.
Bir necha soat o‘tsa hamki, doktor Nlledan dom-darak yo‘q edi. Aftidan, Illaning eri bundan u
qadar taajjubga tushmayotgandi. Kechga yaqin u g‘udrangancha shkaf oldiga bordi-da, undan
mudhish qurolni — burma charmli va uchida tepkisi bo‘lgan uzun sarg‘ish naychani oldi. U bu
tomonga yuzlandi — uning yuzida kumush ma’dandan yasalgan niqob ifodasi yo‘q edi. Holbuki u o‘z
tuyg‘ularini yashirish uchun shu niqobni kiyib olardi. Bu niqob uning ozg‘in yuzi, iyagi, manglayidagi
barcha o‘ydim-chuqurlarga judayam mos kelardi. Niqobni kiyib olib, u o‘zining dahshatli qurolini
qo‘lida ushlagancha aylantirib tomosha qilardi. Qurol to‘xtovsiz g‘o‘ng‘illardi. Go‘yo u bir daf’ada butun
bir oltin asalarilarni sochishga qodir edi. Bu asalarilar o‘zlarining dahshatli nishlari bilan chaqar,
zaharlarini solib o‘ldirar, so‘ng go‘yo qum ustiga tushgan urug‘lardek chala o‘lik holda yerga qular
edilar.
— Yo‘l bo‘lsin? — so‘radi xotin.
— Nima? — Illa charmlarga, dahshatli g‘o‘ng‘illashga quloq tutdi. — Doktor Nlle shunchalik
xayallayaptiki, uni kutgani ortiq toqatim qolmadi. Ov ovlab kelaman. Darrov qaytaman. Sen esa shu
yerda bo‘lgin, hech qaerga ketma. Xo‘pmi? — Kumushrang niqob charaqlab ketdi.
— Ha.
— Doktor Nllega aytib qo‘y, men darrov qaytaman. Bor-yo‘g‘i ov qilgim kelib qoldi.
Uchburchak eshik yopildi. Qiyalikdan uning uzoqlayotgan odimlari tovushi eshitilib turdi.
Eri quyosh tomon ketib borar ekan, to u ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha ayol uning ortidan qarab turdi.
So‘ng o‘z yumushlariga unnab ketdi: ohanrabo changlarini tozalash, billur devorlardan yangi
mevalarni uzish kerak edi. U tirishqoqlik va shoshqaloqlik bilan ishlar, biroq vaqti-vaqti bilan uni
qandaydir jazava chulg‘ar edi. Shunda u o‘zining mana bu g‘alati, sira shuurini tark etmayotgan
qo‘shiqni kuylayotgan holda ko‘rar, ko‘zlari esa billur ustunlar ortidan turib osmonga razm solayotgan
bo‘lardi.
Ayol nafasini ichiga yutgancha jim kutar edi.
— Ana, kelib qolishdi...
— Hozir boshlanadi.
Shunday kunlar bo‘ladiki, momaqaldiroq yaqinlashib kelayapti, chor atrofda esa chuqur sukunat
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |