Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet122/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
Osmonda qizil olov yondi. 
Eshikdan tushayotgan yorug‘lik xalaqit bermasligi uchun u bir tomonga odimladi. 
— Yana bir qaraganingda... — shivirladi u. 
Qizil olov o‘sha joyda yonib turardi. 
— Kecha kechqurun u yo‘q edi, — dedi Xeteuey. 
 U qoqilib, yiqilib tushdi, so‘ng oyoqqa turdi-da, kulba ortiga yugurib o‘tdi, teleskopini ochib, uni 
osmonga to‘g‘riladi. 
Uzoq vaqt osmonga ko‘zini qisib qarab turgandan keyin — bir daqiqa o‘tgach, u uyining pastak 
eshigi tagida paydo bo‘ldi. Xotini, ikkala qizi va o‘g‘li unga o‘girilishdi. Uning ha deganda tili kalimaga 
kelavermasdi. 
Xushxabar olib keldim, — dedi u. — Men osmonga qarab turgan edim. Bu yoqqa raketa uchib 
kelayapti, u bizlarning hammamizni uyga olib ketadi. Erta tongda shu yerda bo‘ladi. 
U qo‘lini stolga qo‘ydi, boshini kaftlari orasiga olib, yig‘lab yubordi. 
U Nyu-Nyu-Yorkdan nima qolgan bo‘lsa, hammasini yoqib yubordi. 
Mash’alani oldi-da, plastikdan yasalgan shu shaharga qarab ketdi va alanga bilan o‘tgan joyidagi 
barcha devorlarni turtib-turtib keta boshladi. Shahar nur va jaziramaning qudratli quyunidan yashnab 
ketdi. U bir kvadrat mil kenglikdagi  gulxanga aylandi. 
— Bunaqasini koinotda ko‘rish mumkin, xolos. Bu mash’al raketani mister Xeteuey va oilasi 
huzuriga olib keladi. 
U uyiga qaytib keldi; yuragi tez-tez va og‘riqli urar edi. 
— Ko‘rayapsizmi? — u baland ko‘tarilgan qo‘lida chang bosgan shishani ushlab olgandi. — Men 
mana bu sharobni ataylab mana shu tun uchun asrab qo‘ygandim. Vaqt-soati bilan kimdir bizni topib 
olishini bilar edim! Shu quvonchli on uchun ko‘taraylik! 
U beshta qadahni to‘ldirdi. 
— Ha, ozmuncha vaqt o‘tmadi... — O’z qadahiga ko‘zlarini tikib qaragancha, yana gap qotdi u. — 
Urush boshlangan kun esingizdami? Yigirma yil va yetti oy muqaddam. Barcha raketalarni Marsdan 
uyga chaqirib olingandi. Sem, men va bolalar esa barchamiz bu vaqtda tog‘da edik, qadimshunoslik 
bilan mashg‘ul edik, marsliklarning qadimgi jarrohligini o‘rganayotgan edik. Biz otlarni o‘lgudek qilib 
choptirganimiz esingdami? Baribir ham rosa bir haftaga kechikkan edik. Shahar huvillab qolgandi. 
Amerika dabdala bo‘lgandi, qolganlarni kutib ham o‘tirmay, raketalar bitta qolmay ketib qolgani 
esingdami, a, esingdami? Keyin qarasakki, qolganlar faqat biz bo‘lgan ekanmiz, esingdami? Ey, 
xudoyim, qancha yillar o‘tibdi-ya! Sizlarsiz men chiday olmasdim. Sizlarsiz men o‘zimni o‘ldirib 
qo‘ygan bo‘lardim. Sizlar tufayli shuncha kutishga chidab keldim. Keling, sizlar uchun ichaylik. — U 
qadahni ko‘tardi. — Bizning uzoq muddatli kutganimiz uchun ichaylik. 
U sharobni sipqordi, xotini, ikkala qizi va o‘g‘li qadahlarni lablariga olib borishdi. Sharob 
to‘rttalovining ham iyaklari tagidan jildirab oqib tusha boshladi. 
 
Tongga yaqin shahardan qolgan hamma narsani shamol katta-katta yumshoq qora laxtaklarga 
aylantirib, dengiz tubi bo‘ylab sochib yubordi. Yong‘in o‘chdi, biroq maqsadga erishilgan edi. 
Osmondagi qizil dog‘ kattalasha boshladi. 
Tosh kulba ichida qovurilgan zanjabil kulchasining totli hidi tarala boshladi. Xeteuey kirib kelganida 
xotini stol ustiga yangi nonli qaynoq qolipni qo‘ymoqda edi. Qizlari qattiq supurgi bilan yalang‘och 
tosh-polni hafsala bilan supurar, o‘g‘li esa, kumush idishlarni yuvar edi. 
— Biz ularga shohona nonushta tayyorlaymiz; — Xeteuey shodon kuldi. — Eng a’lo liboslaringizni 
kiyib olinglar! U shoshib tomorqasidan ulkan temir saroy tomon o‘tdi. Bu yerda muzlatgich va uncha 
katta bo‘lmagan elektrostantsiya bo‘lib, ularni shu yaqin yillarda ta’mirdan chiqargan va bo‘sh 
vaqtlarida soatlarni, telefonlarni, magnitofonlarni mohirona ta’mirlagan ingichka, qaltiroq barmoqlari 
bilan hammasini joy-joyiga qo‘yib chiqqan edi. Saroyda u yaratgan talay buyumlar qalashib yotardi, 
jumladan nima ish qilishini hatto o‘zi ham bilmaydigan, mutlaqo g‘alati uskunalar ham bor edi. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish