DYeKABR 2005
SOKIN ShAHARLAR
O’lik Mars dengizi chekkasida sokin oq shaharcha yastangan. U huvillab yotardi. Ko‘chalarda zog‘
uchmasdi. Kunduzi va kechasi univermaglarda tanho chiroqlar yonib turardi. Do‘konlarning eshiklari
lang ochiq, go‘yo odamlar yopishni unutib, juftakni rostlab qolgandek. Go‘ristondek jim-jit
tamaddixonalarga kiraverishdagi sim dorlarda o‘qilmagan, quyoshda sarg‘aygan jurnallar shitirlar edi,
ular bir oy muqaddam kumushrang raketa yordamida Yerdan keltirilgan edi.
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |