www.ziyouz.com кутубхонаси
54
Qiz dedi:
— Ey shayx, toqatim toq bo‘ldi, firoq toqatiga chidolmasman. Bir uyum tuproq
bo‘lmish bu olami foniydan ketarman tezda, ey olam shayxi, alvido’u alvido’!
Ul oy shu gapni aytdiyu jonni jonofaringa topshirdi, yarimta bo‘lgan jonini jononga
fido etdi. Bu majoz dengizida bir qatra edi u. Haqiqat daryosi tomon ketdi yana.
Hammamiz ham shul sanam kabi olamdan safar etamiz bir-bir. Ishq yo‘li shunday
yo‘ldir, buni ishqdan, darddan ogoh kishilar anglagay. Nafs bu asrorni eshitmaydi va
anglamay-di, benasiblar bu qo‘yga kirolmaydi. Buni jonu dil qulog‘i bilan eshitib olmoq
kerak, botin olami bu sirni biladi, tana-vujud buni qaerdan anglasin!
Qizning o‘limi Shayxga qatgiq ta’sir etdi, joni achidi, yorining yuzi berkilgach, ko‘zini
olamdan olib qochdi. G’amzada va motamzada shayx o‘z do‘stlariga dedi:
— Ey, do‘stlarim, biz oshiqlarning holini ko‘ring, ahvolimizga nazar tashlang. Qushim
ovimga ilingan edi, uni qanotim ostiga olgan edim, ammo u uchib ketdi, biling, endi men
ham bu dunyoda qolmoqchi emasman. Bu jahondan jannat sari safarga chiqaman,
jononim izidan ketmoqchiman.
Agar qiz tongda vafot etgan bo‘lsa, Shayx San’on tush paytida jon berdi. Oshiqu
ma’shuqlar tobutini izma-iz ko‘tardilar. Shayxning qabrini qizning qabri yonidan
qazidilar, ikkalasini yonma-yon tuproqka qo‘ydilar, oshiq va ma’shuqning piri xutba
o‘qidi, jon ila jonon birlashdi-lar, oshiq va ma’shuq birga edilar. Go‘yo ular birga tirik
edilar, vasl nashidasini, birlashish lazzatini tatib ko‘rardilar. Go‘yo vasldan behush bir-
birlarini og‘ushga olib yotardilar ular. Ikki qabr ustida ikki tik qomat sarv daraxti o‘sdi.
Parvardigori bokaram o‘z lutfi bilan ul yerda zilol suvli chashma ato etdi. Bul chashma
suvidan necha farsax yerlar obod bo‘lib, yam-yashil ko‘karib turardi. Ahli dillar kelib,
qabrlarni ziyorat qilar, oshiq-ma’shuqlar ruhiga fotiha o‘qirdilar. Go‘yo bu yerda to‘rt fasl
ham bahor edi, aylanasi bog‘-rog‘lar, chamanzorlar bilan o‘ralgan edi. Har doim
daraxtlarning mevasi pishib turar, yer yuzida jannat paydo bo‘lganday edi. Ka’ba yonida
edi, ul manzil, xosu avomning ziyoratgohiga aylandi.
Attorning qissasi bir mohchehra qiz uchun emas. Alloh sirridan bandasi ogoh emas.
Bir pokdin inson huzurida muhabbat haqida so‘z borar edi. O’tirganlardan biri dedi:
— Men oltin oshig‘iman, pulni, boylikni sevaman. Oltin ishki vujudimda jon kabidir.
Agar ko‘limda zar gulday ochilib, charaqlab turmasa, men ham gul kabi kulib
turolmayman. Dunyo ishqi meni g‘amlardan ozod qildi, odamlar orasida obro‘li-e’tiborli
bo‘ldim. Zarparastman, zardir-oltindir mening sig‘inganim, Allohim. Shunda pokdin,
Allohparast odam unga qarab dedi:
— Ey, aslga emas, suratga oshufta bo‘lgan, surat bandiga tushgan odam, ko‘nglingdan
safo saharining nuri yiroq, sen chumoliga o‘xshaysan, kavaklardan boshqa narsani
bilmaysan. Kecha-kunduz deyunaday chopasan, suratga giriftorsan. Ma’noni izla,
suratga o‘ralmagin, asl moxiyat ma’nodir, surat arzimas dir, hechdir. Oltin ko‘rinishda
bo‘yalgan toshdir, sen yosh bola kabi rang-bo‘yoqlarning oshuftasisan. Sening oltinlaring
biror ishga yaramaydi. Qiyomat quni bu oltinlar hech kimga yordam berolmaydi. Sen
o‘yinchoqlardan lazzat topasan, nurning nuridan shodsan. Sen aslga intilmaysan,
nurning manba’ini istamaysan. Joni pokingni oltin bandidan xalos et, ey jon, axir,
mohiyat — mutlakiyat oshig‘i bo‘lmog‘i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |