Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/297
Sana26.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#156174
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   297
Bog'liq
mantiqut-tayr. farididdin attor

 
OSHIQ DARVESH HIKOYATI 
 
Bir darvesh bir shahzodaga oshiq bo‘ldi. Kecha-kunduz shahzoda yodida ohu nola 
chekar, ammo shahzodani hech ko‘rmagan edi. Odamlar darveshga tanbeh berib, 
nasihat qilardilar:  


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
55
- Sen qaerdayu podsho qaerda, agar bu ishing podshoning qulog‘iga yetsa, seni 
qattiq jazolaydi, o‘z xuningga o‘zing zomin bo‘lasan, - der edilar. Ammo darvesh bu 
gaplarga e’tibor qilmas, shahzodani o‘z qiblasi, ka’basi deb bilar, uning husnu jamolini 
maqtar, beqarorligini, oshiqligini izhor etar edi. 
Podsho bu gapni eshitib, ranjidi va darveshni ushlab, qatl etishga hukm etdi. Darvesh 
bu gapni eshitib, xafa bo‘lish o‘rniga shod bo‘ldi, na’ra tortib, boshini toshlarga ura 
boshladi, aql-hushini yo‘qotdi. Shu holda uni qatlgohga olib bordilar. Darvesh qatlni 
uyushtiruvchi hokimdan bir muddat muxlat so‘radi, bir rakaat namoz o‘qib olayin, dedi. 
Hokim ijozat berdi. 
Darvesh ko‘zidan issiq otashli yoshlarini to‘kib. yuzini tuproqqa qo‘yib dedi: 
- Ey Allohi hoziru nozir, ey parvardigori qodiru qahhor, shohimning umrini uzun, 
davlatini fuzun et, uning hech bir gunohi yo‘q. Ammo jonim tanimdan chiqishdan oldin 
menga shahzodani jamolini bir bor ko‘rsat, buni menga nasib et. Hech bo‘lmasa, axir bir 
bor uning yuzini ko‘rayin, keyin o‘lsam mayliga, mayliga uning oldida jon berayin, 
jonimni unga topshirib, Ismoil singari qurbon bo‘layin. Bir emas, ming jonim bo‘lganda 
ham unga bag‘ishlagan bo‘lardim. Ey parvadigor, minglab odamlarning hojatini 
chiqarasan, mening ham hojatimni chiqar... 
Parvardigor ul darveshning nolasini eshitdi va podshoh ko‘ngliga rahm soldi. Hokim 
shoh oldiga odam yubordi va darveshning o‘lim oldidan aytgan iltimosini bildirdi. Faqir 
darveshning holati va so‘zi shohga ta’sir qildi, shohning qalbida ham dard paydo bo‘ldi. 
Shoho‘g‘lini chaqirib, dedi: 
- Darveshdan yuz o‘girma, uni o‘zingga yaqinlashtir, hozir esa vazir bilan birga o‘sha 
bechora oshiq oldiga boringlar va uning ko‘nglini ko‘taringlar. 
Shahzoda otasining so‘ziga kirib, darvesh oldiga yo‘l oldi. Go‘yo gavhar sadaf tomon, 
daryo esa qatra tomon yo‘l olganday bo‘ldi. Yo‘q, quyosh tuproq oldiga kelganday bo‘ldi. 
Shahzoda dor ostiga, darvesh oldiga yetib kelganda, butun yig‘ilgan xaloyiq hayratdan 
qichqirib yubordilar. Qiyomat qo‘pganday bo‘ldi. Shahzoda gadoni tuproqqa belangan 
holda ko‘rdi. Darvesh go‘yo mahv bo‘lgan, yo‘qolgan edi. Uning jismi qariybki ko‘rinmas, 
xalq nazaridan yashiringanday edi. Shahzoda bechora darveshni bu holda ko‘rib, 
ko‘zlariga yosh oldi, rahmi keldi. 
Voqean, kimki ishkda sodiq va sobit bo‘lsa, ma’shuq huzuriga keladi, oshiqu ma’shuq 
bir-biridan ajralmasdir, ishq bor joyda husn, husn bor joyda ishq mavjud. Darvesh 
shahzodaning ovozini eshitgan bo‘lsa-da, lekin yuzini ko‘rmagan edi. Shahzoda otdan 
tushib. gadoning yuzini tuproqdan ko‘tardi va tizzasiga qo‘ydi. Gado shohining yuzini 
yaqindan ko‘rdi. Gado bir olov, shahzoda esa bir daryoi rahmat edi. Olov nur daryosiga 
yetgan edi. Gado shahzodaga qarab dedi: 
- Ey, shahriyor, muncha zor etding! 
So‘ngra bu baxtu saodatni yetkazgan Allohga shukr etdi va bir na’ra tortib, jonini 
jabborga topshirdi. Go‘yo u olamda yo‘q edi. Bir sham’ lip etib o‘chganday bo‘ldi. 
Dilbarining visoli ma’lum bo‘lgach, mutlaqfoniy bo‘lib, yo‘qoldi-ketdi. Buni soliklar 
bilurlar, ishq ne kuylarga solishi, ne-ne mo‘‘jizalar ko‘rsatishi ularga ma’lumdir. 
Mardlarning bari yo‘lda fano bo‘ldilar, Haqqa foniy bo‘lib, Haqdan ogoh bo‘ldilar. Ey 
vujuding yo‘qlikka yo‘g‘rilgan, sening lazzating alam bilan omuxtadir, bir muddat ostin-
ustun bo‘lmaguncha, oromu xotirjamlikni ko‘rmaysan. Ishq — kimyo, seni poklovchi 
xumdon. Muncha fikrga g‘arqsan. Aql - qo‘rquv keltiradi, aql mardlikni bo‘g‘adi, aqlni 
qo‘y. Xumdonga kir, men kabi o‘zingdan kechgin, bir nafas o‘z olamingni tark et. Menga 
qaragin: menki, men emasman, men yo‘qman, mendan boshqa ham qolgan emas. Men 
istagan narsa aqldan ham, xayru sharrdan - yaxshi va yomondan ham balavdshir. 
Menga faqr oftobi nurini sochgach, ikki olam ko‘zimga tariqcha qimmatsiz bo‘lib qoldi, ul 


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish