www.ziyouz.com кутубхонаси
151
qoladi. Shunda darvesh bir lahza bo‘lsa-da Haqdan o‘zgani qo‘rmaydi va jahonda undan
o‘zgani tanimaydi-bilmaydi. Shunda darvesh ham Unda, ham Undan, ham U bilan birga
bo‘ladi. Va ham ayni vaqtda bu uch hoddan tashqarida bo‘la oladi. Kimki Vahdat
daryosida yo‘qolmasa, u har qancha odam shaklida bo‘lsa-da, ammo komillikka erishgan
shaxs bo‘lolmaydi.
Hunarmand, komilmi yoxud nuqsonu aybli kishilardanmi, kimki bo‘lsa, g‘ayb olami
qo‘ynida uning quyoshi bor. Bir kun kelib ul quyosh, o‘sha odamni o‘zi bilan qo‘shib
oladi. Kimki o‘z quyoshiga yetishsa, aniq bilgilki, u yomon-yaxshidan qutuladi. Toki sen
bordirsan, yaxshi-yomon bu yerda sen bilan birgadir, sen Haqqa yo‘qolsang, yaxshi-
yomon savdosi ham yo‘qoladi. Ammo agar sen o‘z vujudingda turaversang, bu uzun
yo‘lda yaxshi-yomonni ko‘raverasan. Narsa-moddalar bilan ko‘rinadigan bo‘lsang, o‘z
vujudingga giriftor bo‘lib turaverasan. Koshki endi xuddi avvalgiday (jannatda
yaratilgan Odam Atoday) pok bo‘lsang, ya’ni borliqdan qutulgan bo‘lsang. Yomon
sifatlardan butkul pok bo‘l. Shundan keyin kaftdagi yel va tuproqday bo‘l (Ya’ni yengil va
pokiza bo‘lgin, chunki inson asli tuproqdan yaratilgan va ruh — yel bilan tirilgan).
Jismingda qanchalik najas-palidliklar, nopokliklar borligini qaerdan bilasan? Ilon va
chayonlar jisming pardasi ichra sen bilan birgadirlar, ular uxlaganlar, jim turibdilar. Agar
sen ularga qilcha ijozat bersang, har biri yuz ajdarho-day bosh ko‘taradi. Har biri uchun
ilon to‘la bir jadannam bor, toki sen bu jahannamni bo‘shatmasang, nafs ilonining ishi
davom etaveradi. Agar sen bulardan pokpanib chiqsang, tuproqqa toza tuproqday
qo‘shilasan. Ammo tuproq ostidagi ilon-chayonlar qiyomat kunigacha seni chaqib
turadilar.
Ey Attor, bu majoziy so‘zlardan tavhidga va sirlar olamiga yetib kel. Agar solik mard
bu manzil-martabaga yetsa, manzil va solik birlashib yo‘ldan ko‘tariladilar, chunki ular
endi Uning soyasida yo‘qoladilar, endi U paydo bo‘ladi. Solik endi soqov bo‘lib qoladi,
chunki U gapiradi. Juzv (qism) yurib Kull (butun)ga qo‘shilib, butun bo‘ldi, aksincha Kull
juzvga aylanmadi. Bu shunday bir shakl — suratki, uning na a’zolari bor, na joni, uni
sifatlab — ta’riflash mushkul. To‘rt unsur to‘rt unsurlikdan chiqadi, yuz ming olamu
zarralar harakatga kelib, qo‘shilib uyg‘unlashib ketadi. Bu ajoyibotlar sirrining maktabida
yuz ming aql ojizu nochordir. Aql bu yerda eshikda mung‘ayib qoladi, u go‘yo onadan
ko‘ru kar tug‘ilgan go‘dakday bo‘lib qoladi. Kimki bu sirdan bir zarra anglagan — topgan
bo‘lsa, u ikki olam mulkidan yuz o‘giradi. Bunday odam dunyoda bir soch tolasiday
bo‘lsa-da, agar u Haqqa erishsa, qadr topadi. Agar u Kull bo‘lmasa-da, ammo e’tiborlidir,
vujud bo‘ladimi yoki vujudi yo‘qoladimi -bu o‘sha odamdir — komil shaxsdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |