YIGIRMA TO’RTINCHI MAQOLA
BOSHQA QUSH UZRI
Boshqasi dedi:
- Yuragim olovga to‘la, negaki mening tug‘ilgan joyim, uyim menga yoqadi, uni
tashlab ketmoqchi emasman. Uyim - ko‘ngil yayraydigan, dilkusho qasr, xalq unga boqib
havas qiladi. Bu qasrni ko‘rib olam-olam quvona-man, qanday qilib undan ko‘ngil uzay?
Bu baland qasr uzra qushlar shohiman, qanday qilib bu shon-shuhratni tashlab, azobu
uqubat yudiysiga kirayin? Qanday qilib shahriyorlikni busbutun qo‘ldan berayin, bunday
qasr bo‘lmasa qaerda o‘tiraman, qanday yuraman?
Biror-bir oqil odam o‘z ixtiyori bilan Eram bog‘idan voz kechib, o‘ziga alam va g‘ussa
safarini tanlaydimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |