www.ziyouz.com кутубхонаси
21
UMAR ROZIALLOHU ANHUNING UVAYS BILAN SUHBATI
Umar to‘lqinlanib Uvaysning oldiga keldi va dedi: «Xalifalikni bo‘ynimdan soqit qildim.
Bu xalifalikka agar xaridor topilsa, bir dinorga bo‘lsa ham sotishga tayyorman». Uvays
Umardan bu so‘zni eshitgach, dedi: «Sen tinchlan va xotirjam bo‘lgin. Har kim agar yuki
yo‘lda qolganlarning yukini ko‘tarib oldinga intilsa, manzilga o‘zini ham, boshqalarni ham
olib boradi va eng to‘rga o‘tib qoladi. Agar amiralmo‘minin xalifalikni bo‘ynidan soqit
qilsa, yorlari ohu nola qilib keladilar. Hammasi bir bo‘lib, ey rahnamo, bu ishni qilma,
deb zorlanadilar, agar bunday qilsang, Alloh haqqi, xalqni sarson qilasan. Buni sening
bo‘yningga Abubakr Siddiq yuklagan, u taxminan emas, balki tahqiq qilib (tekshirib), bu
ishni qilgan edi. Agar sen uning farmonidan bo‘yin tovlasang, unda sendan uning ruhi,
joni ranjiydi».
Bu mahkam hujjat (dapil)ni Uvaysdan eshitgan Umar, mas’uliyatni yana ham
chuqurroq anglab, qattiq ishga berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |