Hallojni qatl etib, gulxanda kuydirdilar va u ishqda omadi kelgani uchun bir hovuch
kulga aylandi. Hagto uning kuli ham tilga kirib, «Anal-Haq» dedi. Bu bilan kul ham
oshiqlik martabasiga yetdi.
Shayxning kulidan shunday sado chiqqan vaqtida, bu so‘zni aytgan zot qani, u o‘lsa
ham o‘zining so‘zini rost deb bilmoqda, deb ajablandilar.
Kuldan bunday sado chiqqanini bu yerda yig‘ilganlarning hammasi eshitdi. Uning
so‘zini eshitib, bu holni o‘z ko‘xaari bilan ko‘rdilar. Hamma odamlar avval Hallojga:
- Bu so‘zlaring afsonadan boshqa gap emas, borar joying vayronadan boshqa joy
emas, - degan edilar. Lekin ko‘rdilarki, asl aynimas ekan, asl mustag‘ni hech kimga
ehtiyojsiz va pok ekan. U zot-ning bir qismi (kuli) qolgan bo‘lsa ham, qolmagan bo‘lsa
ham, u so‘zidan qaytmas ekan. Asl quyosh abadiy so‘nmas ekan. U aytdiki: na zarra, na
soyaman.