BIR KISHINING JUNAYD BAG’DODIYDAN KO’NGIL XUSHLIGI TO’G’RISIDA
SO’RAGANI
Bir kishi Junayd oldiga kelib so‘radi:
- Ey, Allohga yaqin odam, kishining ko‘ngil xushligi qachon hosil bo‘ladi?
Shayx Junayd dedi:
- Allohga yetishgan chog‘da, toki podsho visoliga yetishish muyassar bo‘lmas ekan,
kishi baxtsizlik vodiysida kezaveradi. Quyosh shu’lasiga tob berolmagan zarra sargardon
bo‘lib yuraveradi va quyoshga yetishish harakatidan tinmaydi. Zarra yuz karra qonga
botsa ham, bu sarsonu hayronlikdan xalos bo‘lolmaydi. Zarra zarraligida zarradir. Kimki
uni yo‘qoldi desa, aldanadi. Agar uni aylantirsalar, u - u emas. U zarradir. Xizr
chashmasi bo‘lolmaydi. Kimki zarralikdan qo‘zg‘olgan bo‘lsa, uning asli ham albatga
zarradir. Agarchi u Quyoshda yo‘qolsa ham, bir zarradan Abadiyatgacha yo‘l hali uzoq.
Zarra agarchi yaxshidir yoki yomondir, umr bo‘yi yashirinsa ham yo‘qolmaydi.
Ey zarra, Quyoshday kemadan joy olish uchun bunday mast va aftodahol
ketayotirsan. Ey zarra kabi beqaror odam, toki sen o‘z ojizligingni ko‘rib, o‘zingni
taniguncha sabr qilurman.
Do'stlaringiz bilan baham: |