Mavzu: Tamaraxonim hayoti va ijodi Bajardi: Tursunboyeva Sarvinoz Tekshirdi



Download 50,91 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi50,91 Kb.
#637102
TuriReferat
Bog'liq
2 5458457001430358171





REFERAT


Mavzu: Tamaraxonim hayoti va ijodi
Bajardi: Tursunboyeva Sarvinoz
Tekshirdi:___________________
Olmaliq – 2022
Tamara Xonim (haqiqiy ismi - Tamara Artyomovna Petrosyan) — raqqosa, xonanda, baletmeyster. SSSR xalq artisti (1956). Ikkinchi darajali Stalin mukofoti laureati (1941). Tamara Xonimni “sharq Aysadora Dunkani”deb nomlashgan. Britaniya malikasining shaxsan o‘zi atoqli artistga san’at qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofot topshirgan. Televideniye va musiqiy kliplar davridan avval O‘rta Osiyoga xos etnik mega-yulduz bo‘lgan. Uni musiqiy namoyishlarda tinglash va ko‘rish mumkin bo‘lgan. Ushbu mashhur ayolning taqdiri tom ma’noda Shumshuk qiznikiga o‘xshashdir. U butun dunyoga shuhrat qozonishdan avval ochlik va kambag‘allikni boshdan kechirgan. Uning ismi nafaqat Sovet Ittifoqi bo‘ylab, balki undan tashqarida ham shov-shuvga sabab bo‘lgan. Asli o‘zbek shaharchasidan bo‘lgan bu arman qizining shuhrat qozonishida, shubhasiz uning aniq maqsad sari intilishi, mehnatkashligi va noyob badiiy mahorati qo‘l kelgan.
Tamara Xonim 1906 yil 29 mart kuni Turkiston o‘lkasining Gorchakovo bekatiga (hozirgi Marg‘ilon shahri) surgun qilingan Anna va Artyom Petrosyanlarning kamsuqum oilasida dunyoga kelgan. O‘zbek mahallada ulg‘ayib, qizaloq qoshi-ko‘zi qora sho‘x-shodon mahalliy bolakaylardan qolishmadi. Mahallada daydi artistlar truppasi paydo bo‘lgach, barcha tamoshaga yugurardi. Tamarani ko‘zboylag‘ichlar, dorbozlar va raqqoslar o‘ziga sehrlab qo‘ydi. Uyda u ko‘rgan harakatlarini beixtiyor takrorlardi. Borgan sayin uning harakatlari ildamroq bo‘lib, olti yoshga kirib, qizaloq yaqinlarini qarshisida raqsga tushib, tahsinlarga sazovor bo‘lgan. “Mana, ko‘rasiz, u hali Parijda raqsga tushadi!” - deya g‘ururlanib qayd etgan onasi va atrofdagilarga kulgu bo‘lgan. Ammo Parijdagi tantanali chiqishi yosh raqqosaning shukuhli mavqe’iga ibtido bo‘ldi. Ayol sahnadami? Uzoq o‘tmishda musulmonlar Sharqida bu holat aql bovar qilmas hodisa bo‘lgan. Turkiston urf-odatlariga ko‘ra, ayollar turmush qurgach, uy-yumushlari bilan band bo‘lib qolavurgan, tana va yuzi esa paranja va uzun ko‘ylak ortiga berkitilgan. Tamara voyaga yetgani sari ota-onasiga atrofdigalar qizining noma’qul intizomi haqida gapirishgan - axir, qizaloq o‘zining sevimli mashhuloti bo‘lmish raqsni tashlash niyati ham bo‘lmagan. Otasiga esa qo‘rs farzandini tiyib olmasa, jazolashlarini aytib, tahdid qilishgan. Ammo, bir voqea barchasini hal qilgan... Gorchakova bekatiga Hamza Hakimzoda Niyoziy boshchiligidagi “Vostok” (“Sharq”) tashviqot poyezdi kelib to‘xtagan. Sovet hukumatining ilk yillari xalq orasida ma’naviyatni kuchaytirish masalasi juda keng tarqalgan. Kimdur Hamzaga juda iqtidorli qizaloq haqida gapirib bergan va bu uning taqdirini o‘zgartirib yuborgan: 1918 yil Tamara ilk bor haqiqiy sahnaga chiqqan. Uning yoshi 12 da bo‘lishiga qaramay, qolganlar bilan tengma-teng ishtirok etgan. Havaskor konsertlardagi yosh raqqosaning ishtiroki keskin ajralib turardi, u hanuz omma oldida raqsga tushuvchi yagona ayol kishi bo‘lgan, ustiga-ustak, yuzi ochiq holda sahnaga chiqqan. Tamaraga nistaban taqdidlar davom etardi va ota-onasi uni falokatlardan yiroq qilish maqsadida Toshkentga jo‘natishadi. 1922 yil qizaloq Toshkent balet truppasi o‘quvchisiga aylanadi va Abror Hidoyatov, Yatim Bobojonov, Ali Arodobus Ibrohimov kabi birinchi o‘zbek artistlari rahbarlik qilgan yuqori mahoratli konsert guruhlarida raqsga tusha boshlaydi. Afsuski, uning “beadab” tarbiyasi haqidagi gap-so‘zlar ona qishlog‘igacha yetib boradi va mahalliy din ishqivozlari uning otasini vahshiyona o‘ldirishadi. Onasi farzandlari bilan yolg‘iz qoladi va Tamara namoyishlardan ishlagan ulushini yaqinlarining non-choyi uchun yuboradi. Balet truppasi O‘rta Osiyo bo‘ylab gastrol safarlarida bo‘lib, xalq raqslar bo‘yicha konsertlar berishadi. Kichik shahar va qishloqlarda qiz bola raqqosa tomon ta’na toshlari otiladi. Tamara har bir chiqishi bilan hayotini havf ostiga qo‘yardi: zo‘raygan haloyiq uni burdalab tashlashga tayyor edi. Uning hayotini taniqli musiqachi va so‘z ustasi Yusufjon qiziq qutqurib qolgan. G‘ala-g‘ovurda uning ustiga paranja tashlab, haloyiq ichidan bildirmay olib chiqishning uddasidan chiqqan.
Bo‘sh kelmay, o‘z maqsadi sari olg‘a qadam tashlash uchun oz-muncha jur’at talab qilinmagan. 1923 yil u Moskvaga jo‘naydi va A.V. Lunacharskiy nomidagi Teatr texnikumida o‘qishni davom ettiradi. Moskvalik tamoshabinlar hayotining bosh sahifalaridagi ko‘ngilsizliklarni qoplab, yosh iqtidor sohibasini katta zavq bilan kutib olishgan. Aynan Moskvada u “Sharq qaldirg‘ochi” nomiga ega bo‘lgan.
Konsertlardan so‘ng tamoshabinlar o‘z zavqini ifodalash uchun sahna ortida kutib olishardi. Grim xonasida yosh iste’dod sohibi - taniqli qo‘shiqchi Muhitdin Qori Yoqubov maqtovlarga ko‘mib tashlaganda, Tamara hayratlanmagan. Rahbariyat qo‘shiqchini tanishtirib, “Endi siz birga ishtirok etasiz”, degan. Unda raqqosa “birga” deganda bir umr ekanligini bilmagan ham: Muhitdin uning turmush o‘rtog‘i va qizining otasi bo‘ldi. Yosh kelin-kuyov birinchi chet el safariga Fransiyaga yo‘l olishdi. 1925 yil Parijda Xalqaro dekorativ san’at ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan. Muhitdin Qori Yoqubov va Tamaraga o‘z vatanining nomidan ishtirok etish vazifasi tushdi. Ularning chiqishi hayratomuz muvaffaqiyat olib kelib, o‘zbek artistlari haqida parijliklar hali uzoq eslab yurishdi. Uyga qaytisharkan, er-xotin Germaniya orqali kelishgan, zero Tamara taniqli raqqosa Aysedora Dunkan bilan tanishmoqchi bo‘lgan. U Tamaraning qovurg‘alarini ushlab, sanab ko‘rishni iltimos qilgan, zotan, oddiy tana tuzilishida bu qadar murakkab va ajoyib harakatlarni bajarish imkonsizligini aytgan. Keng omma e’tirofi va sharafga Tamara 19 yoshida ega bo‘lgan. Parijdagi muvaffaqiyatdan so‘ng uning qarshisida butun dunyo namoyon bo‘lgan. U yer sharining yarimini aylanib chiqqan. Bir kichik voqeadan so‘ng uning ismiga Xonim tahallusi mustahkam o‘rnashib olgan. Kunlardan bir kuni Moskvaga uyushtirilgan katta safar oldidan kontsert tashkilotchilaridan biri mahalliy aholi Tamaraga “xonim” deya yuzlanishayotganini eshitib qoladi. Ertasiga “Tamara Xonim” ismli afisha butun shahar bo‘ylab osilgan edi. Chet elliklar bu ajoyib ayol qaysi millat vakilasi ekanligini tushuna olishmagan. Kelib chiqishi arman, o‘zi esa o‘zbek mahallada katta bo‘lgan Xonim har bir chet el safaridan uyiga yangi raqs olib kelarkan, unga batamom sho‘ng‘ib ketardi. Uning ijodiy g‘alayonida 86 xalq raqsi jamlandi. Tamara nafaqat raqsi, balki turli xalqlarga xos o‘zgacha qadam tashlashlari, yuz imo-ishoralari, tana harakatlari bilan ajralib turardi. Raqs liboslari, grim va u ijro etgan raqs shu darajada o‘zgarar ediki, bu ajoyib ayolni ko‘rgan har bir xalq uni o‘z vatandoshi deb o‘ylardi. 1938 yil u ikki janrni — qo‘shiq va raqsni birlashtirib, sahna san’atida o‘ziga xos o‘zgarish qildi. Endi artist ko‘plab tillarda kuylar edi ham, shu bilan birga, hech qanday qoqilishsiz, toza va ravon ijro qilardi. “Sahnadan turib, aholi bilan yuzlanarkanman, men va tamoshabin o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni sezaman. Bizlarni bog‘layotgan ko‘rinmaydigan iplar soni ko‘p bo‘lgani sayin, ichimga allakim kirib, mening o‘rnimga raqs tushayotganday, go‘yо”, tan oladi artist. Undagi ushbu jo‘shqinlik, kasbiga bo‘lgan fidoyilik, mehnatsevarlik va Yaratgan tomonidan berilgan iste’dod ko‘p yillar davomida unga yuqori hurmat va sharaf olib kelgan. 1935 yil Londonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro festivalda Britaniya qirolichasining shaxsan o‘zi unga san’tga qo‘shgan hissasi uchun mukofot topshirgan.
Ikkinchi Jahon Urushi davrida Tamara butun front bo‘ylab konsertlar bergan — Tinch okeanidan Ovrupagacha. Bu uchun harbiy qo‘mondonlik yagona artistga kapitan unvonini topshirib, qirol olib yurish huquqini bergan. Tamara Xonimning chiqishlarini ko‘rgan davlat hukmdorlari, ko‘zga ko‘ringan siyosatshunoslar, jamoat arboblarida u bilan shaxsan tanishish istagi tug‘alardi. Bastakor Isoq Dunayevskiy shunday yozgan: “Siz meni quyoshli O‘zbekistonga tashliy etdingiz Raxmat! Ammo men uchun Siz va Sizning ajoyib san’atingiz bo‘lgan barcha yer quyoshli bo‘ladi”, degan. Ijodiy mahoratini to‘plab, 1930 yil taniqli artist o‘z kuchini baletmeyster sifatida sinab ko‘radi. 1932 yil rejissyor Z.Qobulov va bastakor P. Rahimov bilan hamkorlikda u Urganchda teatr tashkillashtirib, unda ham baletmeyster, raqqosa va pedagog-tayyorlovchi bo‘ladi. Uning tashabbusi bilan Toshkentda mumtoz balet maktabi ochiladi. Tamara Xonim 1991 yil Toshkentda vafot etarkan, sahna chiqishlarida kiygan minglab kostyumlarini uy-muzeyida saqlashlarini vasiyat qilib ketadi. Bu liboslarning har biri oltin va kumush zar iplarda tikilgan, ularga qimmatbaho toshlar tikib chiqilgan — har biri o‘ziga hos san’at asari.
Tamara Xonim muzeyi 1994 yil ochilgan. Unda yashash xonalarining interyeri, liboslar, plastinkaga yozib qolingan qo‘shiqlar, ajoyib kartinalar jamlanmasi, fotosuratlar va taniqli artistlarning qo‘l yozmalari saqlanib qolgan. Ular orasida nashrdan chiqmagan xotiralari, shuningdek, yoshi ulug‘lik davrida yozilgan she’rlari ham bor. Ulardan birida Tamara Xonim Umar Hayyomning satrlaridan foydalanib, “Taqdir senga bergani keldi, endi chetlab va olib qo‘ymay ketmaydi...” deyilgan.
Download 50,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish