OTASI O’LGAN KISHI BILAN SO’FIY HIKOYASI
O’g‘il otasi tobuti oldida yig‘lab borar ekan, oh chekib der edi:
- Ey otajon, jonimni pora qilgan bundayin og‘ir kun umrimda boshimga tushgan emas
edi.
Shunda yonida borayotgan so‘fiy dedi:
- Otangning ham boshiga bundan og‘irroq kun kelgan emas. Sening boshingga emas,
otangning boshiga mushkul ish tushdi. Ey dunyoga qo‘l-oyoqsiz kelgan zot, umringni
tuproq tepib, havoni kesib yurish bilan o‘tkazasan. Agar mamlakat taxtiga o‘tirgan shoh
bo‘lsang ham, oxiri qo‘lingda havo bilan, ya’ni hech vaqosiz ketasan.
Do'stlaringiz bilan baham: |