www.ziyouz.com кутубхонаси
85
YIGIRMA OLTINCHI MAQOLA
BOSHQA BIR QUSH UZRI
Boshqa bir qush dediki:
- O’limdan qo‘rqaman, ul vodiy uzoq, men esa zaifu nochorman. O’limdan chunon
qo‘rqamanki, birinchi manzildayoq jonim chiqsa ajab emas. Garchi ko‘rinishim salobatli
bo‘lsa-da, ammo ajal kelsa zor-zor qaqshab o‘lib qolaman. Kimki ajal qo‘liga tushsa,
uning qo‘lida qilichi bo‘lsa-da, bir nafasda qilich ham qo‘lidan tushib, qo‘li ham kesiladi.
Qo‘l va qilichdan iborat bu jahonda, yuz afsuski, qo‘lda afsusdan boshqa qurol qolmaydi.
Hammalari afsus-pushaymonlik bilan yer ostiga kirib uyquga ketdilar, tiriklari ham
hayronu sargardondirlar. Ko‘rgin, o‘lim yo‘li - qanday mushkul yo‘ldir, bu yo‘lning
birinchi manzili — go‘riston. O’lim achchig‘i xabarini eshit-sang, shirin joning ostin-ustun
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |