Din imomi, ilohiy ma’nolar dengizi Junayd bir kecha Bag‘dodda va’z aytar edi. Uning
so‘zlarining salmog‘i va teranligidan osmon past bo‘lganday, quloq solib hayratga
tushayotganday edi. Shayxlar shayxi Junayd hazratlarining bir yosh o‘g‘loni bor edi,
uning kamoli, shirinligi odamlar qalbiga orom bag‘ishlardi.
Shayx Bag‘dodda va’z aytayotgan o‘sha kechada o‘g‘lining boshini kesib, xoru zor
holda keltirib, yig‘ilganlar oldiga tashladilar. Poktiynat Junayd buni ko‘rib indamadi va
jamoatga yuzlanib dedi:
- Qadimu azal, abadu ahad asroridan qaynatgan qozonimdagi taom bu kecha pishipti,
uning oshini ham ko‘rdingizlar. Haq yo‘lidagi qurbonim - shu, bundan ortiq ham, kam
ham emas».