«Javhar uz-zot» asari uch kitobdan iborat bo‘lib, hozir so‘zlaganlarimiz faqat
birinchi kitobga oiddir. Asarning uchinchi kitobi «Hallojnoma» deb ham ataladi va
unda Mansur Halloj shaxsiyati asosiy o‘rin tutadi.
Attorning «Vuslatnoma» asarida nafis bir reja va tartib ko‘rinmasa-da, u vahdati
vujud g‘oyalari, so‘fiyona hikoyalar va majozlar bilan muzayyandir. Bu hikoyalarda ham
Mansur Halloj shaxsiyati yuksak bir mavqe’ni egallaydi.
Shoirning eng kichik masnaviylaridan biri «Basarnoma» bo‘lib, bunda ham so‘fiyona
fikrlar, fano, baqo, Alloh ruhiga va nuriga singib ketish g‘oyalari ilgari suriladi. (Ahmad
Yassaviyda ham «fano fi-l-loh»ga katta e’tibor berilganini eslang.)
Shoir badiiy-g‘oyaviy izlanishlaridagi uchinchi davr, aytganimizday, «Mazhar ul-
ajoyib» asari bilan boshlanadi. Bu masnaviyda shoirning otashin ehtiroslari pasaya
boshlaydi, qofiyada ham, vaznda ham g‘alatliklar uchraydi. Dostonda hazrat Ali siymosi
markaziy o‘rinni egallaydi. «Javhar uz-zot» masnaviysida ko‘rilgan ilohiy kuy va qamish
hikoyasi bu asarda ham o‘zgacharoq bir alfozda takrorlanadi. Bundan tashqari, shoir
dostonda ba’zi vaqf yer-mulklarni g‘arazli maqsadlarda suiiste’mol qilgan ba’zi
muftiylarni qoralaydi. Olmon sharqshunosi Helmut Ritter fikricha, bunday muftiylarga
hujum zaminida shoirning asarlarini qoralab, fatvo bergan muftiyga o‘xshash din
peshvolari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, asarda shoirning falsafiylikka mayli ortib
borayotganidan dalolat beruvchi hikoyalar, o‘z hayoti, tarjima xrliga oid lirik
chekinishlar, o‘quvchisiga qaysi asarlarni o‘qib, qaysilarini o‘qimasligi haqida tavsiyalar
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
www.ziyouz.com кутубхонаси
7
beriladi. Asarda mashhur mugasavvif shayx Najmiddin Kubro ismi ko‘p marta tilga
olinadi (Abul Janob Ahmad ibn Umar Xevaqiy). Shayx Kubro aslida Fariduddin Attorning
ustozi Majdiddin Bag‘dodiyning ustozidir. Demak, Fariduddin Attor shayx Najmiddin
Kubroga nevara shogirddir («Tazkirat ul-avliyo» debochasiga qarang). «Nasoyim ul-
muhabbat»da Navoiy yozishicha, «Va alarni Shayxi Valiytarosh debturlar. Aning uchunki,
vajdu hol g‘alabotida muborak nazarlari har kimga tushsa, valoyat (valiylik) martabasiga
yetar ermish...»
Fariduddin Attorning so‘nggi mashhur asari «Lison ul-g‘ayb» bo‘lib, bunda shoir
o‘zining xilvatda huzur-halovat topganini, chunki xilvatda oshiq sifatida ma’shuqi
(Alloh)ning vasliga yetishganini izhor etadi.
Shayx Fariduddin Attorning g‘oyalari, Haqqa yetishuvi yo‘lidagi izlanishlarining sirlari
hali ko‘p asrlargacha adabiyotshunos, ilohiyotshunos, tarix va falsafa olimlarini
to‘lqinlantirib, ijod va ilhom sarchashmasi bo‘lg‘uvsidir.
Najmiddin Komilov,
Mahkam Mahmudov
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |