12. Muloqot-muomala odobi.
Bu mashg’ulotda har bir kishi
o’zining boshqalar tomonidan izzat –
ikrom va hurmat qilishlarini
istasa, u boshqalarning ham
hurmatini joyiga qo’yishi lozimligini bolalarga o’qtirish kerak, chunki insonning
ma’naviy qiyofasi uning muloqot madaniyatini ifodalaydi va o’z navbatida
muloqot-muomala odobini belgilaydi. Muomala esa xushxulqlilikni, samimiylikni,
to’g’ri bilishlikni talab etadi. Muloqot madaniyatida farzandlarning ota-onalari
oldidagi vazifalari mavjud. Bola oiladagi ota - onalari, buvi va bobolarining o’zaro
munosabatlaridan andoza olishga harakat qiladi.
Mavzuga oid didaktik materiallar:
* * *
“Hamma ishlaringizda to’g’ri bo’ling, odamlarga muomalada xulqingiz
chiroyli bo’lsin”.
Do'stlaringiz bilan baham: |