* * *
“Ko’r bo’l, shol bo’l, nom qoldir.
Yaxshi nom qoldirish ulkan boylik topishdan afzal”.
(“Otalar so’zi”)
* * *
“Aql dil go’zalligi bilan qo’shilsa fazilatga aylanadi. Aks holda-aql fazilat
emas”.
Arastu
* * *
“Bir donishmanddan so’rabdilar:
- Odam uchun yarashadigan kiyimlar ichida eng go’zali qanday kiyim?
Donishmand javob berdi:
- Odam uchun yarashadigan eng go’zal kiyim bu axloq-odob kiyimidir.
Kishi qiyofasini bezaydigan, uning husniga husn qo’shadigan bundan ortiq
kiyimni topish qiyin”.
(“Donolar bisoti”dan)
* * *
“Kiyimingga, tashqi ko’rinishingga zeb berguncha, odob bilan so’zlashni,
yurish-turishni, kishilar bilan javob-muomala qilishni o’rgan”.
(“Xalq hikmati”)
* * *
“Odamning qiymati emas simi zar,
Odamning qiymati bilim va hunar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |