3.5.3. “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarida bolalarda illatlarga nafrat o’yg’otishga oid didaktik materiallar
Ma’lumki, illatlar jamiyat taraqqiyotiga
sezilarli salbiy ta’sir qiluvchi yomonliklardir.
Buning asosiy sababi o’sha illat bilan o’ralashib
qolgan odamlarning hatti – harakatlaridir. Bu hatti
– harakatlarning jamiyat taraqqiyotiga nisbatan
ijobiy yoki salbiy ta’siri o’sha hatti – harakatlar
egasining dunyoqarashiga bog’liq.
Bu qanday paydo bo’ladi? Umuman olganda inson dunyoga kelgan paytdanoq unda dunyoqarash paydo
bo’la boshlaydi. Ya’ni, bola tug’ilishi bilanoq onasiga ko’zi tushadi. Shunday qilib
bolalar dastlab o’z ota – onasini taniydi va ular muloqot choqlarida tarbiyalana
boshlaydilar. Bunda bola hayoti davomida to’g’ri yoki noto’g’ri harakatlar va ishlar
qila boshlaydilar. Odatda ularning aksariyatida to’g’ri ish va hatti – harakatlar
qilishga moyillik bo’ladi hamda bu boradagi faoliyatini rag’batlantirishlar orqali
ularning ijobiy xislat va fazilatlar rivojlanib boraveradi. Ularning ikkinchi qismi esa noto’g’ri qilgan ishlari va hatti – harakatlaridan to’g’ri xulosa chiqarib o’zini
to’g’ri yo’lga sola oladi, ya’ni qilgan xato – kamchiliklarini tuzata oladi. Ularning uchinchi qismi ham mavjud. Bular to’g’ri ishdan ham, noto’g’ri ishdan ham to’g’ri
xulosa chiqara olmaydi. Bunday bolalar bir qilgan xatosini yana ham takrorlash
mumkin. Bular loqayd odamlar bo’lib, hayot to’g’risida to’g’ri xulosa chiqara
olmaydi. Bularning hayotiy shiori “Menga nima” bo’lib, ularning jamiyat
taraqqiyotiga ham foydasi tegmaydi. Bunday bolalarda har xil illatlarga ruju qo’yish
ham kuchli bo’ladi. Chunki, illatlar bir ko’rinishda bolalar ko’ziga yengillikday
bo’lib ko’rinadi. Ana shuning uchun ham bolalarimizni illatlarga nafrat ruhida
tarbiyalashimiz lozim. Ular ro’yxatini taxminan quyidagiday ketma – ketlikda
keltirish mumkin:
yolg’onchilik – yomon va qabih illat bo’lib, u imonsizlikdir;
minnat – g’oyat jirkanch illat;
insonning zohid bo’lishi – yomon illat;
insonning tanbal bo’lishi – ayanchli illat;
insonning takabbur bo’lishi – madaniyatsizlikdir (illat);
badfellik – qo’pollik (illat);
minnat – takabburlik (illat);
ziqnalik – yomon illat;
kibru havo – jaholat (illat);
qasoskorlik – illat;
manmanlik – imon kushandasi (illat);
sotqinlik – xiyonat negizi (illat);
hasad qilish – illat;
Endi bolalar ongida illatlarga nafrat uyg’otishga asos bo’ladigan didaktik
materiallarni keltiramiz.
“To’g’rilikdan kеlmish
hamma yaxshi ot, egri-
likdan foyda ko’rmadi
bir zot”.