Bog'liq maktabgacha talim muassasalarida manaviy marifiy ishlar
3. 3. “Vatanimiz ramzlari” mavzusidagi “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotini olib borish texnologiyasi MAQSAD : bolalarni davlat ramzlariga
hurmat ruhida tarbiyalash.
VAZIFALAR: Davlat va Davlat ramzlari haqida
bolalarga tushuncha berish;
bolalarga Davlat bayrog’i haqida
tushuncha berish;
bolalarga Davlat gerbining tuzilishi va
ularning mazmun – mohiyati haqida
tushuncha berish;
bolalar ongiga Davlat madhiyasining
ma’nosini singdirish.
KUTILAYOTGAN NATIJA: Davlat ramzlarining bolalar ongida yaqqol tasvir sifatida namoyon bo’lishiga
erishish;
Davlat bayrog’ining ranglari va boshqa tuzulishlarining ma’nosini bolalarga
anglatish;
Davlat gerbi tuzilishining bolalar qalbida chuqur joy olishiga erishish;
Davlat madhiyasini bolalarga yod oldirish va uni xor bo’lib ijro etish.